A Seriya 38-turi doirasidagi «Milan» – «Verona» (3:1) o‘yinidan keyin «rossonerlar» bilan xayrlashuvi e’lon qilingan Zlatan Ibrahimovich «San-Siro»dagi xayrlashuv nutqida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma’lum qildi.
«Butun umr «Milan» muxlisi bo‘lib qolaman. Hozirgi holatda hayajon kuchli, nafas olishim ham qiyin, ammo hammasi joyida. «San-Siro»dan shunchalik ko‘p xotiralar qolayaptiki… Boshida u menga mehr berdi, keyin esa – baxt.
Oilamga sabr uchun rahmat deyman. Ikkinchi oilam – o‘yinchilar, murabbiylar, xodimlardan ham minnatdorman. Muxlislarga ham chin yurakdan tashakkurimni bildiraman. Futbol bilan xayrlashish fursati yetdi, ammo siz bilan emas», – deydi 41 yoshli shvetsiyalik hujumchi.
Ma’lumot uchun, Zlatan professional faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U «Milan»dan tashqari, «Malme», «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Los-Andjyeles Gelaksi» klublari sharafini himoya qilgan.
Ibrahimovich Shvetsiya safida 122 o‘yinda 62ta gol muallifiga aylangan – bu milliy jamoadagi rekord sanaladi.
Avvalroq, Ibrahimovich futbolchilik faoliyatini yakunlamasligi, keyingi mavsum «Milan»dan «Monsa»ga o‘tishi kutilayotgani haqida xabarlar yangragan edi.
Легенда!
Yaxwi odamga uxwidi
Shuncha yoshgacha o’ynab, ko’p narsalani yutdi!
Ibra
Juda gozal karyeraga ega boldi!
Kurib an4a yigladim.
Legenda
Zlatan haqiqiy legenda!
Messiyam Amerikaga ketvordi
Маколаям чикди сиз этганиздан кейин
Omad kelajakda!
Dam osin endi mazza qilib