Yangi yilga bir oydan ko‘proq vaqt qolgani munosabati bilan Apple kompaniyasining YouTube-kanalida “Saymonni qutqarish” (Saving Simon) nomli qisqa metrajli film namoyish qilindi.
Film qorbolani akasining poyabzali zarbidan qutqarib qolib, uni keyingi qishgacha muzlatkichda saqlagan qizaloq haqida hikoya qiladi. Jon-jahdi bilan qorbolani saqlashga harakat qilgan qizaloq, ayniqsa, otasi muzlatkichdan muzqaymoq olib eshikni yopishni unutganida xavotirga tushadi.
Ushbu ta’sirli hikoyani “Arvoh ovchilari” (Ghostbusters) filmi bilan tanish bo‘lgan ota-bola rejissorlar — Jeyson va Ivan Raytmanlar iPhone 13 Pro kamerasida suratga olgan.
Vashshe zoʻr.Bechara 1 yil asragan qorbolasi bitada yoʻga chiqqanda gʻalati boʻp kettim.
Salom, katta raxmat sizlarga
bayram ham yaqinlashib qoldi