Ko’pchilik ayollarning fikrlashi haqida kuladi. Ammo ba’zida ayollarning fikrlashi juda ham mantiqiy bo’lishi mumkin.
Bir kuni do’stim bilan kafega kofe ichish uchun kirdik. Do’stim joyni band qilish uchun stolga o’tirdi, men esa buyurtma berish uchun ketdim.
Buyurtmani mendan yosh qiz oldi. Ikkita stakanga kofe quyib, har biriga ikki qoshiq shakar soldi.
Do’stim qichqirdi: – Bittasiga, kamroq shakar soling iltimos!
Xizmat ko’rsatayotgan qiz jahl qildi, oldinroq aytsa bo’lar edi dedi.
Men ham nima uchun so’ramadingiz deb qarshi chiqdim. Keyin esa qizning harakatidan xayron qoldim.
Ikki soniyali kutishdan keyin qiz bir stakanga yana bir qoshiq shakarni qo’shdi, boshqasini ko’rsatib, shunday dedi: “Bunisida shakar kamroq!”
Nima deb javob berishni bilmay qoldim.
rostan mantiqiy