Baxt – bu har bir daqiqada tanlov qilish deganidir

Baxt – bu har bir daqiqada tanlov qilish deganidir

Ishlaringiz qalay?

Bu siz deyarli har kuni javob beradigan oddiy savol, lekin barchasi bu savolga qanday samimiy javob berganingizga taqaladi.

  • “Men yaxshiman”.
  • “Menda hammasi yaxshi”.
  • “Yomon emas”.

Bu oddiy va odatiy savolga javoblardir. Lekin haqiqatdan ham ular haqiqatga mos keladimi? G’amgin odam hech qachon u singan va u yordamga muhtoj ekanini, yomon deb tan olmaydi. Afsuski, bu inson tabiati: biz har doim faqat bir niqob bo’lsa-da, kuchli, sinmaydigan va baxtli inson tasvirini yaratish uchun harakat qilamiz. Biz baxtli bo’lishni istaymiz, shuning uchun biz o’zimizni va boshqalarni xammasi yaxshi deb ishontirishga harakat qilamiz.

Ho’sh, haqiqatan ham ishlaringiz qalay?

  • Siz haqiqatdan xursandmisiz?
  • Yoki, ehtimol, siz qayg’udasiz?
  • Yoki hech biri emas?

Hozirda qanday tuyg’ularni boshdan kechirayotganingizdan qat’iy nazar, hamma narsa joyida! Siz shunchaki insonsiz va siz bularni his qilishingiz uchun tug’ilgansiz: baxt, umidsizlik, qayg’u, ruhiy tushkunlik, yolg’izlik va boshqa barcha hissiyotlarni.

Lekin savol, qanday qilib shu his-tuyg’u to’lqinlaridan o’tib borasiz? Haqiqatan ham barchamiz baxtli bo’lishimiz mumkin. Sizdan talab qilinadigan narsa, bugungi kunda va har kuni o’zingizga yangi muomolarni ixtiro qilish va ular haqida o’ylash o’rniga, baxtli bo’lishni tanlash kerak.

Depressiyani his qilganingizda kayfiyatni ko’taradigan insonlar bilan bo’lishga harakat qiling. O’zingizni shaxs sifatida takomillashtirish yo’lida harakat qiling. Siz chinakamiga sevadigan insonlar bilan birga bo’ling.

O’z tanlovingizni qiling! Va baxt – har bir soniya va har daqiqada amalga oshirishingiz mumkin bo’lgan tanlovdir.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Assalom alaykum ha olohga shukr manda hammasi yaxshi xursandman ajoyib màqola ekan bizning tanlovimiz hayotimizni belgilaydi albatta hammasi oz qolimizda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social