O‘z-o‘zini hurmat qilish va qadrlash bolajonlar uchun kelajakda jamiyatda qulaylikka erishishi uchun juda muhim. Qadr-qimmatni rivojlantirish barcha bolalarda ahamiyatli bo‘lib, u ishonch, qobiliyat va iste’dod bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zini hamisha past baholaydigan bolalar ko‘pincha qiyinchiliklarga, ijtimoiy muammolarga duch keladi. Bu borada bolada o‘zi to‘g‘ri baholashni qanday shakllantirish haqida psixolog Olga Romaniv quyidagilarni tavsiya etadi.
Farzand bilan muloqotni boshlash va namuna bo‘lishga intilish
Farzand bilan nafaqat o‘quv yoki qandaydir topshiriq yuzasidan, balki muhim sanalgan masalalar to‘g‘risida ham suhbatlashish va ularning fikrini ham hurmat qilish hamda inobatga olish zarur. Kuchsiz tomonlarni tan olgan holda yutuqlarni qadrlash haqida gaplashish farzand uchun juda foydali. Masalan, xarid qilish ro‘yxati onaning yodidan chiqqudek bo‘lsa, uni farzandlarga eslatib qo‘yish mumkin: “Men xaridlar ro‘yxatidagi narsalarni eslay olmayman, sen yordam bera olasanmi?”. Bu kabi kichik muammolarni farzand bilan birgalikda hal etish undagi harakatchanlik va mas’uliyat hissini oshiradi.
Tanqidiy fikrlarni kamroq bildirish
Ba’zan bolalarni yaxshi bo‘lishi uchun kerakli masala haqida gaplashish ancha qiyin boladi. Ammo bu kabi mavzular aniq va lo‘nda bo‘lsa, to‘g‘ri baholash jarayonining rivojlanishiga yordam beradi. Asosiysi, muammolarni ochiqlashda ularni hech narsaga loyiq emasligini ta’kidlamaslik zarur. Aksincha, avvalgidan ham ko‘ra yaxshi bo‘lishiga undash tarzida suhbatlashish tavsiya etiladi.
Odatda, o‘zini ijobiy baholash ma’lum maqsadga intilishdan kelib chiqadi. Shuning uchun tanqid o‘rniga, yosh va qiziqishiga mos bo‘lgan maqsadlarni taklif qilish mumkin. Masalan, “Nega kiyimlaringni hamma joyga yoyding?” emas, balki “Hamma kiyimlarni shkafga vaqtida qo‘ysang, ko‘proq o‘yin o‘ynashga imkon bo‘ladi” kabi. Ikkisini solishtirib ko‘rish mumkin, bola ikkinchi jumlaga ko‘proq e’tibor qaratishi tabiiy.
Fikrlashni rivojlantirish
Bolalarda paydo bo‘lgan salbiy fikrlar ustida ko‘proq ish olib borish kerak. Ya’ni salbiy fikrlarni bartaraf etishiga onalar ko‘proq yordam berishi kerak. “Men buni o‘qishni bilmayman”, “Mashg‘ulotlarni bajarishga kuchim yetmaydi” kabi bolalarga xos bo‘lgan biroz qo‘rquv va dangasalik aralashgan fikrlarni vaqt o‘tib yaxshilanishiga ishontirish kerak. Shundagina ular barcha narsaning imkoni borligi va faqat buning uchun harakat qilish kerakligini anglab yetadi.
Xatolar – o‘rganilgan bilimlar tajribasidir
Fikrlashni o‘stirish – xatolarni o‘rganish va to‘g‘ri xulosa chiqarishdir. Bola muvaffaqiyatsizlikka uchrash oddiy hol ekani va bu muammolarning yechimi borligini bilsa, unda baholash tushunchasi shakllana boradi. Iloji boricha farzandlarga o‘z xatolaridan saboq olishiga yordam berish kerak. Masalan “Bu safar sharbatni to‘kib yubording. Keyingi safar yana takrorlanmasligi uchun stakanni idish yuvish joyida tutib, so‘ngra sharbat quy”.
Yakuniy natija emas, yondashuv va intilishni baholash
Farzandni me’yorida maqtash juda foydali. Ammo qanday maqtash ham muhim. Ko‘pchilik bolasining intilishi-yu qiziqishini bir chetga surib, yakuniy natijaga qarab baho beradi. Ammo muammoni hal qilishda uning yondashuvi va to‘siqlarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidlash lozim. Aniq va halol maqtovlar sog‘lom baholashni shakllantirishning kalitidir.
Muvaffaqiyatli namunalarni ko‘rsatish
Farzandni biror ishga ilhomlantirish uchun ularni boshqa tengdoshlariga aslo solishtira ko‘rmaslik kerak. Shunchaki ularning avvalgi ishidagi yutuqlarni misol qilish orqali ham bung erishish mumkin. Yoki ilhomlantirishi mumkin bo‘lgan qandaydir yaxshi voqeani ham aytib berish ham foydalidir. Bolalarda bu jarayon yuzaga kelganidan so‘ng o‘z-o‘zidan psixologik muammolar ham bartaraf bo‘ladi.
Bolam o’ziga iwonmasa, nima qilsa endi bo’ladi?
Assalomu aleykum manga bu mavzu judayam yoqdi.Toʻmaris soʻragan savollariga oʻzimmi maslahatimmi bersam maylimi.Bolani oʻziga boʻgan ishonchini oshirish uchun ota ona avvalo kattalik toʻnlarini yechib yosh bolaga aylanishi undan tashqari bolani oʻzi oʻylagandanda kuchiloq quvvatlashi lozim.Misol uchun kelajakda fazogir boʻla olarmikinman degan savoliga hali koinotni zabt etishni fazogirlar sandan oʻrgansin kabi javoblar bilan qoʻllash lozim.Lekin bolaga hayot yoʻllarini oson oʻtqazsin qiynalmasin deb yon bosgandan foyda yoʻq.Boisi umr yoʻlini koʻrib taqdir daraxtini achchiq chuchuk mevasini toʻyib tanavvul qilgandagina dunyo qarashi kengayib hayotta bilan qiziqishi ortadi
Assalomu alaykum Sumayya opa. Maslahatingiz u4un katta raxmat. Bolam 7 yowda hozir. O’ziga iwonmaydi, ko’p wubhalanadi, wunga buni qanday o’zgartirsam bo’ladi? Iltimos maslahat berila
Assalomu aleykum.Bolani yoshi nechidaligi muhimmas.Asosiysi siz shirin soʻzla bilan uni siylab turishiz kere.Nu haddan tashqari erkalash bolani taltayib ketishiga sabab boʻlishini oʻzizam bilsez kere.Hozir bolani yoshi 7 boʻsa eng koʻp oʻzinikini maqullidigan payt.Shubhalanishga keladigan boʻse bu holat kottaladayam boʻp turadi.Bola oʻsmir yoshga toʻlganda oʻziga sizdanam koʻpro ishonadigan boʻp qoladi.Siz tagʻinam baxtliyakansiz Bolezda shubha dgan narsa borakan.Sizi farzandizdan kotta bollada koʻrganman.Tavakkaldan boshqa narsaga oʻtmidi.Daje ishi notoʻri boʻsayam hulosa qilishshi bilmidi.
Toʻmaris opa gaplarimmi aqillilikga yoʻymisiz.Chunki yozganlarimmi hammasiyam oʻzimmi gapimmas.Oʻzbekistonni eng kuchli ruxshinosi Aziza Toshxoʻjayevani onalaga bergan maslahatlarini siz bilab boʻlishdim.Qoganlari mani lichniy fikrimidi holos.
Assalomu alaykum. So’zlaringiz u4un katta raxmat. Bolam qo’rqoq bo’lib qolib ketadi va he4 narsaga eriwa omidi dib qo’rqaman. Wunga maslaxat so’rudim. Katta raxmat sizga Sumayya
Assalomu aleykum.Arzisiz opam.Man bunaqa maslahat berishga sizga hali yoshli qilaman.Kaneshna sizzi hayot tajribez ancha baland.Nu oʻzimam hali bola tabiat boʻganim uchun mashnaqa narsalaga burun suqvuraman hafa boʻmisiz endi
Assalomu alaykum, nega mendan yowsiz disiz? Ne4i yowdasiz Sumayya?
Etsam ustimdan kulasizde.
Etsam ustimdan kulasizde.Maktab oʻquvchisiman.Shunichun bolaga ota ona tomonidan berilishi kere boʻgan narsalani sizga ettim.Faqat mandan hafa boʻmen geniyik qipti dip
Raxmat. Yow bo’sez ham juda aqlli ekansiz. katta raxmat
Sumayya assalomu alaykum. yaxwimisz?
Assalomu aleykum raxmat yaxshi opajon oʻziz qanaqasiz
raxmat yaxwi. o’zingiz4i? o’qiwlani bowlab yubordizmi?
Yoʻdee litseyga topshirganidim.Mandat chiqmadi.Eee shu haqida maqola yozissha boʻlarkaaaa
Salom Sumayya, nima haqida maqola o’qimoqchisiz? Etsangiz albatta yozamiz
Nega 4iqmadi? nima deyiwyapti?
Mandat hali chiqmadi.Shunga oʻquvchila sarson.Shu haqida yozsela zoʻr boʻlardidee
Mustaqillik munosabati bilan dip 5 kun dam berishgani uchun imtihon natijalari chiqishi choʻzildi.Natijasi chiqqanda mandat chiqmadi.Shunichun bitta manmas boshqa abiturientlayam yo litseyga borishshi bilmidi yo maktabga qaytishshi bilmidi
Salom Sumayya, yozishga harakat qilamiz. Raxmat.
Assalomu alaykum. Nega unday? nega wun4a 4o’ziwadi? o’qiwla bowlanib ketganky
Shunga hayronmizadee.Raxmat yossela savobbi tegida qolardila
juda g’alati ekan ula… birin4i marta bunaqa narsalani ewitiwim