Biz Djim Kerrini mashhur va buyuk komik akter deb bilamiz. Uning ishtirokidagi barcha fil`mlar doim inson kayfiyatini ko`tarib kelgan. Ammo uning hayotga bo`lgan munosabati, fil`mdagi ijro etgan obrazlardan butunlay farq qiladi.
“Mening ruhim mening tanamda chegaralanmagan, mening tanam cheksiz ruhimda yotadi. Men doimo aytishni istagan narsalar haqida gapirib kelganman, toki insonlar hech qachon ruh muvozanatini o`z orzularida, boylikda, yoki shon-sharafda topib bo`lmasligini bilishsin. Men o`z tajribamdan bilamanki, boshqalarga ko`rsatgan ta`sirimiz – bu eng qimmat valyuta. Hayotda olgan hamma narsa yo`q bo`lib, parchalanib ketadi. Bizdan faqat yuragimizda bo`lgan narsa qoladi.
Tinchlik uchun siz nima qila olasiz? Sizning qobiliyatingiz ochilishi uchun u nima qila oladi? Mana shuni siz anglab etishingiz lozim… Siz o`yinga kirib, urishga qarshi chiqishingiz mumkin, ammo haqiqiy tinchlikni anglab etishingiz uchun, o`zingizdagi zirhni echishingizga to`g`ri keladi.
Mening Otam yaxshi komik aktyor bo`lishi mumkin edi. Lekin U o`z kuchiga ishonmagani uchun buxgalter kasbini tanladi. Men 12 yosh bo`lganimda, otam ishidan haydaldi va oilamiz tirikchiligi uchun ko`p narsalarni qildi. Men Otamdan ko`p narsani o`rgandim. Eng asosiy olgan sabog`im – sevmagan ish bilan shug`ulanganda omadsizlikga uchrashingiz mumkin, tavakkal qiling va qalbingiz bo`yicha ish tuting.
Ko`plarimiz dunyoga ijobiy ta`sir qilishni xohlaymiz, ammo buni qaerda va qachon qilish kerakligini bilmaymiz. Butun hayotimizni maktabga, keyin esa ishga bag`ishlaymiz. Lekin keyinchalik ko`plarimiz qalbimiz va unga xursandchilik olib keladigan narsalar haqida unutganligimizni anglab etamiz. Bundan tashqari – bizga doimo nima “yaxshi”-yu, nima “yomon”, nima qilishimiz va kim bo`lishimiz kerakligi haqida o`rgatib kelishadi. Bu narsa keyinchalik “boshqalar men haqimda nima o`ylashadi” degan qo`rquvga olib keladi! Kundalikli ish bilan band bo`lganimizda, biz ko`nglimizga va qiziqishlarimizga qaramaymiz, natijada ko`plar o`zini ezilgan his qiladi va doimo depressiya holatida yurishadi. O`zimizni singan deb his etamiz, sababi hech kim bizga o`z xohishlarimizga intilishni va tavakkal qilishni o`rgatmaganku. Bizga faqat bu dunyo qoidasi bo`yicha o`ynashimiz kerakligini aytishgan xalos.
Hech nimadan qo`rqmang. Qo`rquv hayotimizda muhim bir rol` o`ynaydi. Qo`rquv sizga qanday ta`sir qilishini faqat siz hal kilasiz. Siz butun hayotingizni nima sodir bo`lishini “tasavvur qilib” va kelajak haqida “qayg`urish” bilan o`tkazib yuborishingiz mumkin. Ammo hozir va bu erda sodir bo`lgan narsalar va ayni vaqtda qabul qilingan qarorlar muhim. Hayotimiz juda qisqa, shuning uchun ramka tashqarisiga chiqishdan qo`rqmang, va tavakkal qiling. Natija haqida o`ylamang, yurak chaquruvi bilan yuring va sayohatdan zavq oling. Siz doim o`z orzuingizga qarab qadam qo`yishingiz mumkin, u kichkina bo`ladimi yoki kattami – bu muhim emas.”
raxmat.juda xam insonga kuch beradi
Ajoyib va ta’sirli. katta raxmat
juda togri gaplarni aytib utildi, xattoki ishonish qiyin buni jim kerry aytganiga
Ajoyib