Er xotin munosabatlari (davomi…)

Er xotin munosabatlari (davomi…)

Er – xotin munosabatlari oilani boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Bunday munosabat ota onaning bolalari bilan bo`lgan munosabatiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Ota ona va farzand o`rtasidagi muloqot, bolaning ruhan tetiklik darajasi ko`p tomonlama oila boshliqlari o`rtasidagi munosabatlarga borib taqaladi.

Bundan shu narsa ma`lum bo`ladiki, o`z farzandi bilan yaxshi munosabatda bo`lishni istagan ota onalar birinchi navbatda o`zlarining o`rtasidagi munosabatlarini yaxshilamog`i shart.

Oilaviy munosabatlarning muvafaqiyatida otalarning roli juda katta. Har doim tashabbus ota yoki er tomonidan bo`lishi shart. Masalan bir erkak haqiqiy oila boquvchisi bo`lishi, uni hamma hurmat qilishi mumkin, ammo u oilada qanday?

Turmush o`rtog`i u bilan ochiq gaplasha oladimi? U xotiniga iliqlik va mehribonlik qila oladimi? Ba`zi erkaklar oiladagi munosabatlar haqida gaplashishni muhim deb hisoblamaydilar. Ular uchun turmush o`rtog`ining orzu umidlari, his tuyg`ulari gaplashishga arzimaydi. Ular faqat aniq dalillar va ma`lumotlar asosida ish ko`rishadi. Ammo bunday sovuq harakterli inson bilan yashash oson emas.

Oila ma`suliyatini bo`yniga olmagan er va ota oilani baxtli qila olmaydi. Xotin, ya`ni onaning oilada o`ziga yarasha ma`suliyati bor, ammo er har bir qadamda uni qo`llab quvvatlab turmog`i, unga ko`maklashmog`i lozim. Xotin ham o`z navbatida erining oilaviy hayotning hamma tomonlarida,ayniqsa ruhiy munosabatlarda ham uni 100% quvvatlashni xohlaydi.

Er zarur vaziyatlarda undan yordamini ayamasligi kerak. Xotinining unga yordamga tayyorligini , kerak bo`lganda oilani boshqarib turishini u hamisha his qilib tursin.

Butun ma`suliyatni o`z bo`yniga yuklab olgan va eri oila tashvishlaridan bo`yin tovlaydigan ayolning hayotini tinch va osoyishta, o`zini esa mehr muhabbatga qoniqqan deb bo`lmaydi. Erning oila uchun butun javobgarlikni o`z bo`yniga olishi xotini va farzandlari uchun katta baxt sanaladi.

Eridan muhabbat ko`rgan ayolgina mu`jizalar yaratishga qodir bo`ladi, o`ziga baxsh etilgan mehr muhabbatni turmush o`rtog`iga va farzandlariga ming bora orttirilgan holda qaytaradi,  oilasini sehrli bir yog`duga burkaydi.

Buning yagona sharti, tashabbus hamisha er tomonida bo`lishi lozim. Bunga qodir bo`lgan erkakka havas qilsa arziydi. Ayol tomonidan qaytarilgan sevgi bebaho sanaladi. Mening fikrimcha bu dunyodagi eng qimmatbaho narsadir. Tashabbusning er tomonida bo`lishi qiyin kechadi, ammo xotinidan javob hissini olgan va o`rtadagi muhabbatning kundan kunga ortib borayotganini sezgan er uchun bu holat doimo engil kechadi. Oila munosabatlarida erning ham xotinning ham o`z majburiyatlari bor. Bu haqdagi suhbatimizni yana davom ettiramiz.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. to’g’ri fikr, man qo’shilaman, oilada bir biriga bo’lgan munosabatdan ham farzandlaringning tarbiyasi shakllanib boradi, bekorga “qush uyasida ko’rganini qiladi” deb etishmiydi

  2. To’g’ri fikr Zohid, ota onani bir biriga bo’lgan munosabati ko’rib, ertaga farzandlariyam oilasida shunda munosabat qilishga harakat qilishadi

  3. нималар девосла, санлани ораларида турмуш курганла борми узи? агар турмуш курмаганла буса яхшиси уз фикрларингни узларингда ушлейла, чунки гапириш осон

  4. Номаълум

    лекин бу бор гап. Куш уйда курганини килади.

  5. Муаллиф: шох – October 1, 2012 nima endi o’z fiqrni aytsa xam bulmaydimi? farqi nima uylanganlar yoki turmush kurganlar bormi yoki yoqmi? inson butun hayot mobaynida urganadi qanday tog’ri yashash. inson fiqri xam yildan yilgacha uzgaradi,yanada zreliy buladi da.

  6. Шахобиддин

    Хикояни боплабсизлар. Ман масалан уйланганман. Манга жуда хам маъкул кевотти. Мана шундай хикоялани купайтиришила керей. КОТТА РАХМАТ ФАЗОЧИЛАРГА!

  7. Chindanham bu turkumdagi hikoyalaring juda yahshi. Menga juda yoqyapti. Manimcha bu hayotda eng qiyin narsa bu ikki shahsning munosabatlari. Bu erda yaxshi fikirlani bildiripsilar.

  8. sofdil muhabbat

    Azizlar er hamisha aybdor bolavermaydi bazida biz ayollar ham xato qilamiz yaxshilab oylab koring sizdan ham xato otgandir

  9. sofdil muhabbat

    Do’stlar bormisizlar yozinglar kutyabman

  10. Judayam togri yozilgan qani edi wulardan erkak lar oziga yaxwi tarafini oliwsa togri bunday erkaklar bn yawaw juda qiyin judayam ozimham wu turmuw ortogimdan mehr muhabbat kutib yawayman buni qanchalik qiyin ekanini bilsangiz edi

  11. Juda muhim narsalar yozilgan ekan. Rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social