Ko‘plab insonlar ertalab barvaqt turishda qiynaladi. Issiq to‘shakdan turish va tetik bo‘lish juda katta kuch talab etadi. Stenford universiteti nevrologlari uyg‘onganidan so‘ng darhol energiyani oshirishning uchta usulini topdi, deb xabar bermoqda Harper’s Bazaar nashri.
Iloji boricha tezroq tashqariga chiqing
Kuningizni tetik va yaxshi holatda boshlash uchun eng yaxshi usullardan birini qo‘llashingiz, ya’ni uyg‘onganingizdan keyin bir soat ichida kamida 5-10 daqiqaga ko‘chaga chiqishingiz kerak. Shu tarzda tanangizdagi kortizolning tabiiy ravishda chiqarilishini faollashtirish mumkin. Bu esa konsentratsiya va hushyorlik darajasini oshiradi. Hatto ertalabki quyosh nurlari ham dofaminni chiqarishga yordam beradi va kun bo‘yi yanada tetik holatda bo‘lishingizga yordam beradi.
Kofedan voz keching
Ertalab o‘zingizni tetik his qilishning yana bir usuli — uyg‘onganingizdan so‘ng darhol qahva ichmaslikdir. Tongda qahva ichishni bir yoki ikki soat keyinroqqa qoldirgan ma’qul.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ertalab uyquchanlik miyada ko‘p miqdorda bo‘lgan adenozin bilan bog‘liq. Aynan shu kimyoviy modda tanaga uyquga ketishni buyuradi. Agar ertalab turganingizdan keyin darhol qahva ichsangiz, o‘zingizni bir zum tetik his qilasiz. Biroq kofein tugagandan so‘ng, avvalgidan ham ko‘proq uxlashga moyil bo‘lasiz.
Tana haroratini ko‘taring
Uyqudan uyg‘onganimizda tana harorati tabiiy ravishda ko‘tariladi. Biroq o‘zingizni tetik his qilish uchun bu jarayonni tezlashtirishingiz kerak. Bunday holatda, ertalabki mashqlar yoki sovuq dush qabul qilish yaxshi usul hisoblanadi.
Raxmat maslaxatlar u4un
yaxwi
Foydalaniwga harakat qilaman
Juda foydali maqola, raxmat
rahmat