Yaqin insonlaringa ularni yaxshi ko`rishing (sevishing) haqida tez-tez yozib tur. Agarda, bo`sh vaqting bo`lsa albatta telefon qil. Umuman vaqtim yo`q deb aytma. Har birimiz o`z vaqtimizni xo`jayini hisoblanamiz. Vaqt ajrat va xabar yoz. Bu boshqa inson uchun yoqimli bo`ladi va sen ham o`zingni yaxshi his qilasan. G`azabni o`zingizda ushlama, mag`rurlikni ko`rsatma!
Har kim xato qilishi mumkin. Har kim qoqilishi mumkin: g`azabda gapirishi, o`ylamasdan ish tutishi, tushunmasdan xafa qilish… Balki hamma narsani kechirish ham qiyin bo`lar, ammo insonga yana bir imkoniyat berish kerak, chunki ba`zida shu kichkina imkoniyat butun hayotni o`zgartirishi mumkin.
Bir kuni shogird o`z ustozi yoniga kelib shunday debdi: “Ustoz, agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, uni necha marta kechiray? Etti martami?”
Ustoz shunday javob berdi: “Etti marta emas, balki etmish karra etti marta.”
Hayotimizda yaqin va yaxshi insonlar juda kam. Ularni qadrlaylik!!!
salom Fazochilar. yaxshi gap aytiz, ammo men etmish kara etti marta kechirishga qashiman. agar insonni doim kechirib yursang, u uz xatosini tan olmaydi. u doim bilib yuradi a mani kechirishadi deb!
Kechirish dedizmi? Etmish karra etti marta? )))) Tomiz ketkanmi diman?