Nizomiy Ganjaviyning “Layli va Majnun” dostonidagi bir hikoyat bor: O`tmishda bir zolim hukmdor yashab o`tgan edi. U qonxo`rlik, jabr-zulmda haddidan oshgan edi. Uning saroyida maxsus qafaslarda odamxo`r itlar ham boqilar, kim ko`ziga yomon ko`rinsa, ana shu vahshiy jonzotlarning oldiga tashlar, itlar bu sho`rlikni bir zumda tilka pora qilishardi.
Podshohning bir g`ulomi har doim itlarga qarash bilan band edi. Itlar ham unga o`rganib qolishgan, undan boshqa hech kimni yaqin yo`latishmasdi. Nima bo`ldi-yu, uning qaysidir bir ishi podshoni ranjitdi. Hukmdor uning o`zini ham o`sha vahshiy itlar qafasiga tashlashni buyurdi.
Ertasi kuni shoh gunohkorning g`ajilgan suyaklarini ko`rib huzur qilish uchun itlarning qafasi tomon yurdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, g`ulom itlar qafasida soppa-sog` o`tirar, vahshiy jonzotlar esa, xuddi beozor mushuk singari uning pinjiga kirishgan edi. Podshoh bu holning sababini so`radi. Shunda g`ulom o`rnidan turib “Podshohim, shuncha yil xizmatingizni qilib, sizdan ko`rgan ro`shnoligim shu bo`ldi. Meni itlarga em qilmoqchi bo`ldingiz. Itlar esa, mendan ko`rgan g`amxo`rligi tufayli menga zarracha ozor etkazmadi va ko`rib turganingizdek men sog`-salomatman”…
Qissadan hissa shuki, yaxshilikni bilmaydigan, beandisha, noinsof odamlardan ko`ra vahshiy hayvon a`loroqdir.
Juda turi yozilgan, rahmat fazotv
Daladan ayvon yaxshi, davomini o’zila bilasila
Жуда яхши езилган. Бу дунёни факат севги куткаради
Anonim yozganizi davomi qanaqa? Ewitmaganman
Куйин Азиза, давоми жуда хунук
Xaripdan hayvon yaxshi
Bekor surabman
Этимку сурамен диб
Yaxshi maqola yozilgan
Hozida mehribon va odobli odamni topish juda qiyin
Minnatdor bo’lib yashash kerak
Klass
Havochi?
Yaxshi inson bo’lish kerak
Qoyil
Odam bo’lib keldik, odam bo’laylik