Kecha. Bugun. Ertaga.

Kecha. Bugun. Ertaga.

Bir kuni, go`zallikda tengi yo`q, lekin atigi bir kun yashaydigan kapalak, biroz qanot qoqib, qarib qolgan malina tupiga qo`nibdi. Malina ustiga qo`nib, uning atrofidagi tabiyatdan hayratda qoldi:

-Quyosh! Sen shunchalik chiroyli va mehribonsan! Ko`m-ko`k yaylov! Tuyg`ularimni ifoda etishga og`zim ochilmas! Og`zimdan faqat bir so`z chiqadi xolos, hammasi uchun Xudoga shukr!

“Qiziq – shuncha yil yashab, hech qachon bunga ahamiyat bermagan ekanman!” – deb, ovoza qildi  malina va so`ng shunday dedi:

-Xechqisi yo`q, ertaga hammasiga o`rganib ketasan!

-Erta men uchun bo`lmaydi, erta men uchun afsus kelmas, deb noladi kapalak. Kapalak ushbu so`zlarni aytar ekan, vaqti-soati kelib, ko`zini yumdi.

Kapalak bir kun ichida ko`rgan narsasini, malina yigirma yil yashab ko`rmaganidan qayg`uga tushdi.  Atrofda shuncha ajoyib narsani, yigirma yil ichida qadriga etmaganidan malina ancha yig`ladi. Kapalak esa dunyoga bir kun uchun kelib, shuncha narsani ko`rib, yaratuvchisiga shukurlar aytishga ulgirdi.

Afsus, biz ko`pgina narsalarga o`rganib qolib, ularning qadriga etmaymiz. Krandan oqayotgan  issiq suv, yumshoq va qulay karavotimiz, to`yimli ovqat, musiqa tinglash, ota-onamizning siylashi va shunga o`xshash ko`pgina narsalar. “Bular bizda bo`lishi kerak” tuyg`usi bilan yashaymiz.

Biz har bir narsa uchun, har bir imkoniyat, har bir xursandchilik uchun minnatdor bo`lishimiz kerak. Axir, bizda hayot bor, bu esa eng qimmatidir. Dunyodagi hech bir narsa, hayotdek aziz emas. Agar, noshukurlik qilib, maktabga mashinada borishni orzu qilsang, maktabga borish uchun umuman imkoniyati yo`qlarni o`yla. Nimang bo`lsa, etkazganga minnatdor bo`l. Chunki, bugun bor bo`lgan narsa, ertaga g`oyib bo`lishi mumkin.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilfuza

    Mavzuga juda ham mos hikoya bo’libdi o’quvchilar da shukronalik, minnaddorchilik ruhini uyg’otuvchi fikrlar to’g’ri keltirilgan raxmat.

  2. Fazo.tv

    Salom Dilfuza, so’zlaringiz uchun katta rahmat, biz bilan qolasiz degan umiddamiz smile

  3. Juda ta’sirli ekan
    Menga juda yoqdi.

  4. Fazo.tv

    Salom Z! Katta raxmat! Biz bilan qoling smile

  5. Nilufar

    Rahmat juda judayam tasirli ekan

  6. Fazo.tv

    Salom Nilufar! Katta raxmat, biz bilan qoling!

  7. Marjona

    Juda zor tasirli

  8. Fazo.tv

    Salom Marjona, raxmat! Biz bilan qoling smile

  9. Nilufar

    Juda ta’sirli ekan hozirgi kunda o’quvchilarni har bir kun uchun shukrona hissida yashash xissini uyg’otadi

  10. Ruxshona

    Yuragimni barcha burchaklariga kirgan maqola.

  11. assalomu aliykum hammaga juda yaxashi maqola hamda hikoya ekan

  12. Mengayam Juda yoqdi tasirli va ibratli hayotning qadir qimmatini orgatuvchi ekan raxmat kottakon

  13. Xonzoda

    Ğiduvon

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social