Ko’chada yotgan pulni olish mumkinmi?

Ko’chada yotgan pulni olish mumkinmi?

Bu juda sodda savol, ammo bunga har kim har xil javob berishi mumkin. Masalan, kimlardir shunday deydi: ko’chada tanga topish – bu boylikgadir, lekin siz to’q bo’lishingiz kerak. Aks holda topilgan tanga kambag’allik olib kelishi mumkin. Kimdir bunga ishonadi, kimdir esa aksincha buni irim-sirim deb e’tibor bermaydi.

Biz hech kimni ayblashni istamaymiz. Chunki insonlar har xil bo’ladi. Kimdir menda yetarlicha pul bor-ku nima qilaman shu arzimagan pulni olib deb hayol qiladi yoki atrofdagilar nima deb o’ylashadi deb ham ikkilanishadi. Kimdir esa darhol yerdan yotgan pulni olishi mumkin. Buning hech yomon joyi yo’q.

Shaxsan men bir narsaga ishonaman: agarda pulni topgan inson uni yaxshilikga ishlatsa, bu narsa keyin uning o’ziga yaxshilik olib kelishi mumkin. Buni gadoyga berish, ko’chada och bo’lgan insonga non olib berish yoki ehson qilishi mumkin. Ha, balki men bu pulga muhtoj emasdurman, ammo bunga muhtoj bo’lgan boshqa odam bo’lsachi?

Savob ish qilish turlari juda ko’p, men uchun bu savob ish qilishning bir yo’lidir! Sizchi? Yerda yotgan pulni ko’rsangiz nima qilasiz?

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Kozim

    Hayotimda bir marta pul topib olganman, u ham bo’lsa katta mablag’da edi. Uni olib albatta o’zimni muxtojlarimga ishlatdim. Keyin sal vijdonim qiynaldi, bu pullar mandan ko’ra osha yo’qotgan odamga kerakliroq bo’lgandir deb. Lekin sal vaqt o’tib esimdan ham chiqib qoldi. Hozir o’qib shu vaziyatni esladim. O’ylaymanki, keyingi marta pul topsam, uni olib yo’qotgan insonni kutaman va qaytarib berib yuboraman.

  2. Bobomurod

    Men ham 10000so’m topib olganman

  3. Komila

    Yaqnda 10 ming so’m pul topib oldim lekin uni ishlatishga ikkilanyapman dinimizda bunga qanday javob berilgan bo’lsa inshaalloh shunday qilaman

  4. Fazo.tv

    Salom Komila! Yaxshilikka ishlating, shu to’g’ri yo’l bo’ladi smile

  5. Olloyor

    Men ham 100.000 dan sal ko’p pul topib olganman usha kunning o’zidayoq shu pulga kitob sotib olganman!!!Menimcha pulni yaxshi yo’lga sarfladim deb o’ylayman

  6. Fazo.tv

    Salom Olloyor, ha kitobga sarflash juda yaxshi yo’ldir. Kommentingiz uchun rahmat. Biz bilan qoling smile

  7. Madina

    Salom. Men hozir 50 ming pul topib oldim. Nima qilishga hayronman, egasini qanday topaman. Samarqand katta shahar bo‘lsa

  8. Fazo.tv

    Salom Madina! Topgan pulni egasi topilmasa, yaxshilikka ishlating. Shunda foydali bo’ladi

  9. Faxriddin

    Salom men ham hozir 50ming topib oldim ko’chadagi pul so’raydiganlarga beraymi yoki o’quv kursiga boraman o’shanga bersamikin nima deysizlar azizlar shunga ikkilanib internetga kirgandim

  10. Fazo.tv

    salom Faxriddin! O’zingiz qaysi yo’l to’g’ri bo’ladi deb hisoblasangiz. shunday yo’l tuting. Yaxshi niyat qilib ishlating

  11. Umidjon

    Men bugun 50 ming so’m topib oldim uni nima qilishga hayronman bu pulni uy hayvonlariga ishlatsa bo’ladimi

  12. Fazo.tv

    Salom Umidjon, albatta bo’ladi. Yaxshilikka ishlating smile

  13. Улугбек

    манам якинда 100 $ тофолдим коп чилидан маслахат сорадим Хамма хар хил маслахат берди ну халиям ишлатмдм егасини кутвоман сизам маслахат бериб корин

  14. Fazo.tv

    Salom Улугбек, yaxshilikka ishlating, shunda hammasi yaxshi bo’ladi smile

  15. Umi

    Man ko’rpamni ichidan tanga topvoldim yangi kelinman nima qiliwni bilmayobman irim sirim yoqtirmiman lkn qurqobman bu nimaga kk ekan

  16. Fazo.tv

    Salom Umi, hech qanday yomon tarafi yo’q, yaxshilikka ishlatib yuborishingiz mumkin.

  17. Laliddin

    iwlatvor umi, uylama

  18. Husniobod

    Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu. 2kun avval 15ming sõm topib oldim. Shu pulga kitob olishni niyat qilgandim. Chunki rõzg’orimga ishlatgim kelmayotgandi. Dinda buning hukmi qanday ekan deb kirib kõrgandim.

  19. Fazo.tv

    Salom Husniobod, yaxshilikka ishlating, kitob ham foydali narsa, shunga bemalol ishlaturing

  20. Dilshod

    Oqiwimda 100 min pul topib oldm nma qliwini blmayabman qarzmmi tolawga iwlatsam yaxwilikka boladimi yoki aksimi

  21. Fazo.tv

    Salom Dilshod, ha ishlating, bu yaxshilikkadir.

  22. Elmira

    Men ham hozirgina kuchadan 100ming topib oldim nima qilay qushnilarni darvozasidan uzoqroqda ekan ulardan birma bir surab chiqaymi maslahat beriyla nima qilay

  23. Davron

    Iwlatin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social