Maishiy texnika sotib olasiz, ammo ta’lim haqida o‘ylamaysiz
Qulaylik haqida orzu qiluvchi har bir inson aynan shunday yo‘l tutishi aniq. Ammo, dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir vaqtda bilim hamda ko‘nikma jihatidan ham ortda qolayotganingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu oy pulingizni yangi maishiy texnika sotib olish uchun emas, malakangizni oshirish uchun sarf etarsiz? Badavlat insonlar o‘z farzandlariga qimmatbaho mashina olib berishni emas, uni turli to‘garaklarga jalb qilishni afzalroq bilishadi.
Qimmatbaho libos hamda aksessuarlar orqali yoqimli taassurot qoldirishga harakat qilasiz
Taniqli brenddan olingan soat, qimmatbaho aksessuarlar, libosdagi mashxur firma yorlig‘ini namoyish qilishga urinish – boy inson kabi taassurot uyg‘otishni istaydigan odamlar ishi. Misol uchun, Alibaba Group asoschsi, milliarder Jek Ma hech qachon soat taqib yurmaydi. U vaqtni smartfon orqali ham aniqlash mumkinligi, strelkali soatlar allaqachon o‘tmishning bir qismiga aylanib qolganini ta’kidlaydi.
Minnatdor bo‘lishni bilmaysiz
Badavlat va oliy darajada tarbiya ko‘rgan insonlar hech qachon do‘kondagi sotuvchi, qahvaxonadagi xizmatchiga past nazar bilan qaramaydi, farroshga nisbatan ham yuksak darajadagi hurmat bilan muomala qiladi. U barcha nisbatan birdek munosabatda, doim jilmayib turadi va yuksak ahloqi bilan boshqalarga ham namuna bo‘la oladi.
Bekorchi gaplar bilan vaqt o‘tkazasiz
Haqiqatan badavlat odamlar hamisha kam gapirib, ko‘proq ish qilishga intiladilar. Ular har ikki gapning birida boyligi bilan barchaga maqtanmaydi, Istagram orqali yangi olgan mashinasi yoki sotib olgan kiyimlarini maqtanib o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. U barcha rejalarni sukut bilan amalga oshiradi, bekorchi gaplar uchun ortiqcha vaqt sarflamaydi.
Zamonaviy gadjetlarga mukkasidan ketgansiz
Ijtimoiy nufuzingizni boshqalarga namoyish qilish uchun qo‘lingizda so‘nggi rusumli telefon bo‘lishi shart emas. To‘g‘risini aytganda, bu kabi vositalar faqatgina ortiqcha pul sarflashga sabab bo‘ladi holos. Ana shu pulni biznesingizni rivojlantirish uchun sarf etishingiz ham mumkin-ku!
juda foydali maqola 4iqibti. rahmat. iwlada omad fazotv
No4or inson bu qanaqa inson?
Noshukur inson nochor inson Allahhga shukr tilida duosi bor inson eng boy inson chunki shu xislatlarni Allah oʻsha insonga bergan payti sabr qilsa baxtini ham taxtini ham yuboradi
Odam har kuniga minnatdor buliwi kere
Ha albatta