Nima uchun bolalar bobolar va buvilarini ota-onalardan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rishadi?

Nima uchun bolalar bobolar va buvilarini ota-onalardan ko’ra ko’proq yaxshi ko’rishadi?

Siz bola buvisining oldiga borganida nega doim hursand bo’lishlarini hech o’ylab ko’rganmisiz? Yoki nega ular bobosi uyidan qaytishga majbur bo’lganda yig’laydilar? Nima uchun ular buvisi bilan yashashni orzu qiladi?

Denverlik shifokor Uayt Fisherning so’zlariga ko’ra, bolalar o’z bobo va buvlarini afzal ko’rishlarining ikkita sababi bor ekan.

Birinchidan, ular o’zlarining ko’p vaqtlarini birgalikda o’tkazishadi; ikkinchidan, buvalar va boblar bolalarning xohishi va ehtiyojini yaxshiroq tushunishar ekan.

“Bolalar ko’proq vaqt sarflaydigan kishilarga ko’proq bog’lanib qolishadi”, – deydi doktor Fisher.

Ota va ona, oila ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yoki alohida ishlashlari kerak. Bolalarni bobosi va buvilari bilan birga qoldirish ham amaliy, ham xavfsizdir, shunday qilib bolalarda kuchli rishta va katta bog’lanish paydo bo’ladi.

Bundan tashqari, bobo-buvilar bir paytlar ota-onalar bo’lgani uchun ular bolaning ijtimoiy signallarini yaxshiroq o’qiydilar. Va ular bolalarning ehtiyojlariga nisbatan ko’proq sezgir, chunki ular bolalarga qanday munosabatda bo’lishni bilishadi.

Brian Teylor, munosabatlarning murabbiysi va “Siz hech qachon orzu qilmagan nikoh, yoki g’ayritabiiy, uzoq umr ko’rish uchun amaliy qadamlar” deb nomlangan kitob muallifining aytishicha, bolalar o’z bobo-buvilarini juda yaxshi ko’rishadi, chunki ular bolalarni erkalatishadi.

“Ota-onalar o’z farzandlarini yaxshi ko’rishadi, ammo ta’lim, o’rgatishlar, tuzatishlar va intizomga amal qilashadi”, – dedi Brian, ota-onalar va buvilarning farzandlarni turli yo’llar bilan tarbiyalashlari haqida gapirib berdi.

“Bolalarni bobo-buvilar o’rgatishganida, ular buni ko’proq muloyim va namuna bilan qilishadi. Ular odatda ko’proq sabrli bo’ladi, chunki ular yetarli vaqtga ega”.

Bobo-buvilarning hatto sevimli nabiralarining foydasiga erishish uchun ko’p pul sarflash kerak emas. “Bobo-buvilar ko’pincha nabiralariga sovg’alar berishadi; ular arzon bo’lsin, biroq sovg’alar bolalarga qimmatli, zarur va muhim ekanini aytadi”, – deydi Teylor.

Boshqa tomondan, 1600 dan ortiq ingliz onasining ishtirok etgan so’nggi tadqiqotida ingliz bolalarining 52 foizi buvisi bilan bo’lishni afzal ko’rishgan. O’nta onadan 1 nafari bolalarning bobo-buvilariga qanchalik yaqin ekanini bilmasliklarini aytdi.

Angliya tadqiqotida bolalar ota-onasi bilan taqqoslaganda, bobo-buvilar bilan vaqt o’tkazishni yaxshi ko’rishining uchta sababi haqida gapirildi.

Birinchidan, bobo-buvilar ularni erkalatishadi; Ikkinchidan, ular o’z vaqtlarini ayamaydilar; va nihoyat, ular shirinliklar bilan mehmon qilishadi.

Bolalar bobo-buvisi bilan bo’lganlarida intizomdan chiqib ketishlari mumkin, chunki ular ota-onasi emas. Muhimi, agar biror narsa nazoratdan chiqsa, ular har doim ota-onalariga qaytarib berishi mumkin.

Lekin bolalar ota-onasini buvisiga almashtirishdan qo’rqmaslik kerak. Ularni qanchalik yaxshi ko’rsalar ham, ota-onalarining o’rnini bosa olmaydi. Lekin ular bilan o’tkaziladigan vaqt bolalar xotirasida faqat baxtli xotiralarni qoldiradi.

Bolalik paytida bobo-buvinga qanday munosabatda edingiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social