«Olti xumcha usuli» — pullarni o‘z o‘rnida va to‘g‘ri ishlatish uchun uchun taklif qilinadigan klassik usullardan biri. Uni T. Xarv Eker o‘zining «Millioner kabi fikrlang» kitobida tavsiflagan.
Bu usulning mohiyati barcha daromadlar, ya’ni pullarni olti toifaga taqsimlashdan iborat va har toifadagi pullar faqat ma’lum maqsadlarga yo‘naltiriladi.
1-xumcha
Eng muhim yoki joriy xarajatlar uchun — 55 foiz.
Birinchi xumchada kundalik ehtiyoj uchun zarur pullaringizni saqlaysiz: oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar, kreditlar, dori-darmon, yo‘l-transport, shifokorga borish va hokazolar. Bular asosan kunda xarajat talab qiluvchi ehtiyojlar.
2-xumcha
Shaxsiy ehtiyojlar uchun — 10 foiz.
Ikkinchi xumchadagi pullarni faqat shaxsiy ehtiyojlaringizga ishlatasiz. Har doim qilinmaydigan xaridlar (kiyim-kechak, yengilroq elektron qurilma va boshqalar). Shu pullarni trenajyor zaliga, konsertlarga (yoki bo‘lmasa ulfatlar bilan choyxonaga) ishlatsangiz ham bo‘ladi. Faqat shu pullarni ishlatsangiz ortiqcha xarajat qildim deb vijdoningiz qiynalmaydi.
3-xumcha
Moliyaviy erkinlik uchun — 10 foiz.
Uchinchi xumchadagi pullar — moliyaviy erkinlik uchun chiptangiz. Har nima bo‘lganda ham bu xumchadagi pullarni sarflamang. Ularni faqat passiv daromad olish uchun investitsiya qiling. Hatto moliyaviy erkinlikka erishgan taqdiringizda ham faqat foydadan qolgan pullarni ishlatishingiz mumkin.
4-xumcha
Ta’lim uchun — 10 foiz.
Bu xumchadagi pullarni faqat ta’lim va shaxsiy rivojlanish uchun sarflashga ruxsat etiladi. O‘zingiz va farzandlaringizga investitsiya — pullarni ishlatishning eng a’lo usuli. Bu pullar o‘rganish (masalan, ingliz tili, dasturlash yoki haydovchilik guvohnomasi olish), master-klasslar, treninglar, kitoblarga sarflanadi.
5-xumcha
Zaxira jamg‘armasi va bo‘lg‘usi xaridlar uchun — 10 foiz.
Beshinchi xumchadagi pullar ham moliyaviy xavfsizlik yotiqchasi (zaxira jamg‘armasi), ham yirik xaridlar (avtomobil, ta’til, kir yuvish mashinasi va boshqalar) uchun saqlanadi. Shunda moliyaviy qiyinchiliklar, qarzga botish kabi balolar sizga yaqinlashmaydi, ertangi kuningizdan xavotirlanmaysiz.
6-xumcha
Sovg‘alar va xayriya uchun — 5 foiz.
Oltinchi xumchadagi pullarni yaqinlaringiz, do‘stlaringizga sovg‘a-salom olish yoki xayriya maqsadlariga ishlatasiz. Ularni shunchaki sarflamaysiz, balki odamlarga yaxshilik ulashasiz, shuning uchun ketgani ham bilinmaydi va o‘rni tez qoplanadi. Muhimi, savobli ishlar insonga katta kuch beradi.
Tavsiyalar
Yuqoridagi xumchalardagi foiz ko‘rsatmalari nisbiy, ularni siz o‘z imkoniyatingizdan kelib chiqib belgilashingiz mumkin. Ammo raqamlar yuqoridagi kabi bo‘lishi — eng maqbul tanlov.
Hech qachon ma’lum xarajatlar uchun mo‘ljallangan pullarni boshqa maqsadlarga ishlatmang. Faqat eng muhim xarajatlarni amalga oshiring. Xumchalarda qolgan pullar oydan-oyga o‘tib boradi — ehtimol, keyingi safar ular sizga ko‘proq kerak bo‘lishi mumkin.
Яхши маслахатлар
Рахмат фазотвга, шунака пул турисида купро маколала чикиб, одамлар пулни ишлатишни урганишса, жуда фойдали булади
Кимор, букмекерлага пул тикишла камайиб колар
Одамла пулни осон топиб бумидилигини тшуниб колишар
Tori etas Timur aka
Men pulni tejayman deb ishlatsam tugatib qoyaman bazida sababsiz ishlatsam lekin pulni kam sarifliman shu uchun pulni tejashning eng zor usuli uni tejamasdan ishlating
qoyillatiz a tak
Ozi qizla pulni sarflashni bilishmidi diyishadi, manam shunaqaman, qatga hamma pul ketdi dib otiraman keyn
Pulni yig’ish juda qiyin hozirgi kunlarda
Pfff