Qizlarga qanday yigitlar yoqadi — tashqi ko’rinish, xarakter, qizlarga yoqish sirlari

Qizlarga qanday yigitlar yoqadi — tashqi ko’rinish, xarakter, qizlarga yoqish sirlari

Qarshi jins vakiliga yoqish istagi bizning qonimizga kiritilgan. Erkaklarga yanada yaxshiroq bo’lish va yoqtirganining e’tiborini jalb qilish uchun qizlarga qanday yigitlar yoqishi qiziqdir. Albatta, har bir xonim o’ziga xos ta’bga ega, ammo har qanday go’zalni jalb qiluvchi umumiy fazilatlar mavjud.

Tashqi ko’rinish bo’yicha qizlarga qanday yigitlar yoqadi?

Ba’zan ko’zga tashlanmaydigan tashqi ko’rinishli yigatlar muxlisalarining adog’i ko’rinmaydi, chiroyli ko’rinishli yigitlar esa bir chetda o’tirishadi. Qizlarga bunday yoqishning siri nima? Barcha gap shundaki, bunday yigitlar, ongli yoki ongsiz ravishda qizlar bilan o’zini tutishni ma’lum qoidalariga amal qiladilar. Lekin ideal erkakning boshqa fazilatlarini ham unutmaslik kerak:

  • Erkak har qanday holatda ham erkak bo’lib qolishi kerak. Qizlar tabiatan jasoratli yigitlarni tanlashadi. Yosh xonimlar necha bor sportiv qomat ahamiyatsiz deb ta’kidlashmasin, aslida mushaklar ularni e’tiborsiz qoldirmaydi. Mushaklarni chiqarish ortidan quvishga berilib ketmang. Yodda tuting: qizlar sportiv qomatni afzal ko’radilar — steroidli yigitlar ularni qiziqtirmaydi.
  • Har bir qizning yigit tashqi ko’rinishini baholash uchun o’z mezonlari mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qizlar yonoqlari keng, to’la labli, yengil quyoshda toblangan, qora qosh va kirpikli yigitlarni chiroyli deb hisoblashar ekan.
  • Soqolli erkak — erkaklik, yetuklik va qat’iyatlilikning timsoli. Agar ilgarilari uch kunlik soqol dangasalik belgisi sifatida qabul qilingan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, hatto kaltaroq soqol ham go’zal jins vakillarida qiziqish uyg’otadi.

Tabiati (xarakteri) bo’yicha qizlarga qanaqa yigitlar yoqadi

Xo’sh, qizlar nima sabab yigitlarni yoqtiradi? Bu murakkab savol. Agar yigitlar bu savolga javob topganlarida edi, unda yashashning qizig’i qolmasdi. Qizlarga qarama-qarshi jins vakillarining qanday insoniy fazilatlar qizlarga yoqishini ko’rib chiqamiz:

  • G’amxo’rlik, e’tibor va sodiqlik. Aynan shu sifatlar birinchi o’rinda turadi.
  • Ishonch. O’zining qudratiga ishongan yigirlar qizlarni ohanrabo kabi tortadi.
  • Xavfli hollarda himoya qilish qobiliyati, har qanday muammolardan cheklay olish.
  • Ishonchlilik. Sizga bo’lgan ishonchni sindirishi mumkin bo’lgan harakatlarni amalga oshirmang.
  • Saxiylik. Lekin diqqat qiling: xushyoqishni o’z manfaatini ko’zlash bilan adashtirib yubormang.
  • Iroda. Bu siz xohlayotgan narsani qilishga, xohlayotmagan narsani qilmasllikka qodir ekanligingizdir.
  • Qizlar orasida raqobat. Yigit qancha ko’p qizlar bilan gaplashsa, boshqa qizlarni shunchalik ko’p qiziqtira boshlaydi. Buning mexanizmi oddiy — agar yigitning atrofida qizlar girdikapalak bo’lsa, demak unda bir narsa bor, bu fikrlar qizlarda qiziqish uyg’otadi.
  • Pul. Buni noto’g’ri tushunmaslik kerak, pul deganda boylik emas, balki uni boshqara olish va unga bo’lgan munosabat tushunilishi kerak. Qizlarga yoqish uchun pul bevosita rol o’ynamaydi, lekin u yigitga ishonch, o’ziga xos ichki holat bag’ishlaydi.
  • Nutq, gaplar, savod va chiroy bilan gapira olish qobiliyati. Yigit xadeb kulaverishi ketmaydi, joyida kulish, joyi kelganda jiddiy turish kerak. Shuningdek «yuqoridan» gapirish muhim. Masalan «Kechirasiz, chalg’itmadimmi, siz bilan tanishsam bo’ladimi?». Nima sababdan kechirim so’rash kerak, «chalg’itmadimmi?» — chalg’itib bo’ldingiz, «mumkinmi?» — demak ishonch yo’q. Bu past pozitsiyadan kelib gapirish edi. Xuddi shu ma’noni «Salom, ko’rinishingiz zo’rku. Bir soniya to’xtab turing, siz bilan suhbatlashmoqchi edim» kabilida aytish mumkin, bu ishonch bilan aytilgan gap «yuqori» pozitsiyadan kelib gapirish hisoblanadi. Faqat me’yorni saqlang, «to’xta, sen menikisan» shaklida gapirish hammasini buzib yuboradi.
  • Javobgarlik. So’nggi paytlarda ayollar javobgarlikni o’z zimmasiga olishga qodir erkaklar kamayib ketayotganidan shikoyat qilmoqdalar, boshqalar uchun javobgarlikni oladigan (masalan, ayollar uchun) erkaklar haqida gapirmasa ham bo’ladi. Ayol kishiga aniq yoqadigan erkak — javobgar bo’lgan erkakdir. Siz o’z so’zlaringiz va harakatlaringizga javob bera olishingiz kerak. Bir narsani bajaraman dedingizmi — bajaring.
  • Ijtimoiy mavqe. Bunga ham ega bo’lish ortiqchalik qilmaydi. Bu aynan hokim yoki deputat bo’lish kerak degani emas. Agar sizni do’stlaringiz tinglasa va hurmat qilsa, shuni o’zi yetarli. Agar siz qiz bilan ko’chada ketayotganingizda biron kafening direktori yoki boshqa baobro’ shaxs siz bilan so’rashsa yoki siz nimadir bilan mashhur bo’lsangiz, undan ham yaxshi.
  • Hukmronlik. Bu ijtimoiy piramidaning yuqorisida bo’lgan erkakning sifatidir. Agar u sizda bo’lsa, hech bo’lmaganda do’stalaringiz ustidan, bu ajoyib, agar bo’lmasa, hechqisi yo’q. Bu asosan erishishga intilish kerak bo’lgan sifatdir.
  • Dominantlik. Barcha jabhalarda dominant bo’lgan yigitlar qizlarga juda yoqadi. Qanday qilib qizlarga yoqish mumkinligini bilmoqchimisiz, unda hamma narsani o’z qo’lingizga oling. Ishda, do’stlar orasida, munosabatlarda, barcha joyda dominant bo’ling, birinchi bo’lib g’oya yoki fikr bildiring, teran fikrlang. Tortinchoqlik qilib chetda qarab turish kerak emas, o’zingizga ishonasizmi, demak, olg’a.

Qanday yigitlar qizlarga yoqmaydi

Ideal odamlar mavjud emas. Salbiy tomonlar har bir kishiga xosdir. Lekin, qizlarni ayniqsa jig’iga tegadigan sifatlar bor:

  • Zulmga moyillik. Qaysi o’zini hurmat qiladigan qiz mushtini ishlatishga har doim tayyor bolaga yaxshi munosabatda bo’ladi? Haqiqiy erkak o’zidagi jahlni toblay olishi va har qanday nizo va mojaroni tinch yo’l bilan hal etishga qodir bo’lishi kerak.
  • Munosabatlar va xudbinlik — yaxshi juftlik emas.
  • O’zini juda ko’p sevish.
  • Rashk. Ayollar  rashkdan qo’rqmaydilar, ularni unga ergashadigan hodisalar: tajovuz, ta’qiblar, janjallar va boshqalar tashvishga soladi.

Qizlarga qanday qilib yoqish mumkin?

Qizlarga qanday turdagi yigitlar yoqishi juda bahsli savol. Qarama-qarshi jins vakilini jalb qilishda tashqi ko’rinish kam rol o’ynamaydi. Inson haqidagi birinchi taassurotlar tashqi qiyofani baholashdan iborat bo’ladi, shundan so’nggina insoniy fazilatlarga e’tibor beriladi. Ba’zi qizlarga baland bo’yli ozg’in bolalar yoqadi, boshqalari faqat sportchilarga qaraydi. Siz hammaga birdek yoqa olmaysiz. Hech shubha yo’q — chiroyli yigit har qanday qizning orzusidir. Ammo agar tabiat jozibali ko’rinish bilan siylamagan bo’lsa-chi? Havotirga o’rin yo’q, o’zingizda boshqa ijobiy fazilatlarni rivojlantiring:

  • Qizlar yigitlar intelektini hurmat qiladilar, ammo zerikarli yigitlarni xush ko’rishmaydi. Soatlab baliq ovlash yoki mashinani tuzatish haqida gapirayotib, bular qizga qiziq ekanligiga amin bo’ling. Aks holda, siz ziqna sifatida qabul qilinasiz va suhbat to’xtatilishi mumkin.
  • Yaxshi hazil tuyg’usi nafaqat qobiliyatli hazil qilish va kulgili voqealar aytish qobiliyatidir. Bunday qobiliyatli odam har qanday mavzuda osonlikcha gaplasha olishga qodir, tarang vaziyatlardan doimo hazil bilan chiqib keta oladi.

Har doim qizlarni quyidagi tur yigitlar jalb qiladi:

  • «Yomon» yigitlar. Bu har bir yetuk bo’lmagan qiz orzu qiladigan yigit turi. Yoshi kattalashishi bilan bu turdagi erkaklar ayollarni qiziqtirmay qo’yadi va ular ishonchli juft qidirishni boshlashadi.
  • Sportsmen. Bu yerda hammasi tushunarli: salobatli tanaga qarash yoqimli. Bundan tashqari, bunday yigit bilan ko’rganda qizning dugonlari hasaddan yonishadi.
  • Romantikalar. Qaysi qizga oq otdagi shahzoda, sham yog’dusidagi kechki ovqat va o’ziga bag’ishlangan musiqa haiqda havas qilmaydi?!
  • Yaxshi yigit. Bu har qanday ma’noda yaxshi, ideal shaxs.

Ona yoki o’qituvchi rolini sinashni yoqtiradigan qizlar bor. O’zlarining baxtiga erishish umidida sodda yigitlar ularning qarmog’iga tushadi. Bunday sharoitda kecha kamtar bo’lgan yigit har qanday kishiga aylanadi: romantik, brutal yoki ayol kishini ko’nglini ola biluvchiga.

Avantyurist qizlar o’zlariga mos keladigan yigitni qidiradilar. Yigilar ularni to’xtatishi yoki umidsiz qilmasligi, aksincha uni zarur his-tuyg’ular bilan ta’minlab turishlari kerak. Bunday yigitlar haddan ortiq faollik, quvnoqlik va xavfli ishlarni bajarishni yoqtirishi bilan ajralib turadi.

Sizga bir sirni ochamiz: qizlar har narsa deyishlari mumkin, lekin ular o’ziga mos yigitni ko’rib qolishsa, aqlini yo’qotadilar. Mayli u rashkchi, o’rtahol va madaniyatning barcha jabhalarini suv qilib ichmagan bo’lsin — bular shunchaki mayda-chuyda. Muhimi, muhabbatdir.

Kommentlar: 74 komment. 74 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. barchasi juda to’g’ri yozilgan, hamma insonlar har xil, lekin ko’p jixatlarga bir xil e’tibor berishadi. Juda yaxshi maqola chiqibti, rahmat

  2. Тимур

    Кизлага ёкиш учун очик одам булиш кере ва алдамаш кере, и купро пул кере rofl

  3. Bizga ichki dunyo muhim, tashqi ko’rinishdan ko’ra

  4. Men hammaga yoqaman, hamma qizla man bilan tanishgisi kelaadi blum

  5. Sumayya

    Man soqol qoʻygan harakteyi seryoʻzni bollani soliha qizla bilan koʼp uchrataman.I kursimizade urishib qogan paralani yarashtirishshiyam yaxshi koʻraman.

  6. Fazo.tv

    Salom Sumayya, o’zingizga qanday yigitlar yoqadi? sir bo’lmasa albatta smile

  7. Sumayya

    Yigitlaaaaaaaa mmmmm oʻylab koʻrmaganakanman

  8. Sumayya

    Manga harakteri Abdulloh ibn Yazidga oʻxshagan yigitla yoqadi.Haq yoʻlli koʻra oladigan matohga aldanmidigan bugun bita temada yaxshi fikr bersa ertaga yana yam yaxshisiga oʻzgartiradigan yigitlani kelajegi bor.

  9. Fazo.tv

    Salom Sumayya, fikringiz uchun katta raxmat! Sizga albatta shunday inson uchrasin! smile

  10. Sumayya

    Vay raxmat uyaltirvordiz good

  11. yigitlar juda g’alati hozir, ko’pi manga yoqmidi

  12. Sumayya

    Mani fikrimcha yigitla gʻalatimas biza holavotgandani uchratomayammiza

  13. Fazo.tv

    Salom do’stlar! Sumayya nega shunday ekan, nima deb o’ylaysiz?

  14. Fazo.tv

    Sevara nega yigitlar g’alati sizning fikringizcha?

  15. Assalomu alaykum, 4unki yigitlarning hayoli faqat bitta narsada b6lib qogan no

  16. Sumayya

    Hamma narsa noshukurlidande.Burungi zamonda ayollaga 12 yoshidan boshlab sovchi kesa joynamoz solishga joyini bomi db soʻrashgan ha. deganjavobni ogallaga qizini bervorushgan a hozi moshinasi yoʻ chet elga oborsin keyin tegaman deb shart qoʻyishadi

  17. Fazo.tv

    Salom Sumayya, 12 yoshda juda vohliku…

  18. Sumayya

    Toʻri vohli lekin bunga manam hayron qomadm chunki baʼzikitopladayam shunga oʻxshash gapla boʻgankan.Keyin bitta zakas bersam maqola yozberolisilami.

  19. Fazo.tv

    Salom Sumayya, qanday maqola sizni qiziqtiryapti?

  20. Sumayya

    Savara man sizzi fikrzga qoʻshilmiman.Gulla ichida tikanla boʻgande tikanla ichidayam gulla oʻsadi.Balki sizi peshanezzi teyiga kevotgan bolla shunaqadr. Lekin man koʻrgan koʻp bolla oʻzini tutishshi biladi.Ula qanaqa qizlaga qanaqa momila qilishshi bilishgani uchunam koʻp bollani qizla siz oʻylagande db oʻylashadi.Tagʻim bilmadim.Etishadiyu odam qanaqa boʻsa atrofdelaniyam shunaqa koʻradi db.Shunichun manam oʻzimmi qarichim bilan oʻlchavomman shekkili

  21. Sumayya

    Toʻrsini etsam bizaga shu mavzu berilganidi.Topomadm.Jaholatga qarshi maʼrifat.Manan azgina jurnalistikaga qiziqqanim uchun bita ikta infarmatsiyala yozdm.Nu kamlik qildi.Shunga siladan iltimos qvotudm.Agar malol kelmasa.ILTIMOOOOOOOOOS sorry

  22. Haaa sumayya nme gʻirromli qvos.Ustoz gugldan topib yozib ke dmagalla sizga oʻziz yozin.Yoʻ yozbermen Fazo tv.Bu qizzi oʻzi topsin rofl Haziiiiiiil.Nme sumayya sizi kammentiz ohirgacha yozilmiydi.Notoʻri yozibsiz.JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT.Agar Fazo shu temada yordamlashvorsez rostanam duolani teyida qob ketardizdeeeee

  23. Manam Sevarani fikriga qoʻshilmiman.Nma u biz yigitlani hayolimizzi oʻqib bilib qoptimi

  24. Bu mening waxsiy fikrim. internetda 6qib k6ring, hamma bolla wuni eziwadi… albatta yowga qaraw kere, sila yowsila hali manim4a

  25. Fazo.tv

    Salom Sumayya va Imron, afsus bunday mavzudagi maqola bizning saytimizning qonunlariga to’g’ri kelmaydi, shunga unday maqola yoza olmaymiz sad

  26. Qizlar ham yaxwimas hozir, faqat boyroq bola topaman deb yuriwadi, o’zlari o’qiwmidi, faqat boyroqqa tegi diyiwadi

  27. t6ri etasiz Yu. lekin puli bor yigitni nimasi yomon? qizla kelajagini 6ylawadi, bolalari o4 qomasin deyiwadi

  28. juda qiziq, kommentlani oqib 4iqdim, fikrlar juda kop ekan, qoyil qoldim

  29. Raxmat Fazo tv.Unda Kanistitutsiya haqida yozolisilami

  30. Fazo.tv

    Salom Imron, Konstitutsiya haqida nima bilmoqchisiz?

  31. Ummuman manga shu tema haqida insho keregidi.Sumayyaga yozomasligilani yozganizdan keyin oʻzi amallab yozdi.Nu man yozomayamman.

  32. Men k6p qizlarga umuman yoqmiman, nega wunday b6liwi mn?

  33. Xudoga iwongan, biz u4un ibodat qiladigan yigitlar har doim bizga yoqadi.

  34. Sumayya

    Qalesila.Fazo i Malika opa yaxshimisiz

  35. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Raxmat yaxshiman, o’zingiz yaxshimi? O’qishlar yaxshimi?

  36. Sumayya

    Raxmat Allohga shukr.Malika opa siladan yengi zoʻr maqolalani kutp qolaman.Vidyo roʻlikli maqolayam qoʻyardila.Agar oʻshaladan boʻsa yana qoʻyila iltimos cool

  37. Sumayya

    smile good

  38. Fazo.tv

    Salom Sumayya, raxmat, albatta harakat qilamiz smile
    Kanikul qachondan ekan?

  39. To'maris

    go’zal maqola 4iqibdi, raxmat fazo.tv

  40. Sumayya

    Kanikuldan endi chiqdi endi dekabrri ohiridan boʻsa kere Maktabla bilan bir hilda ketvommiza.

  41. Sumayya

    Toʻmaris opa yaxshimisiz.Bolez kotta boʻvottilami

  42. Fazo.tv

    Salom Sumayya, kolledj va litseylarda institutdek kanikullar emasmi?

  43. Sumayya

    Toʻrisini etsam man instde kanikulli bilmiman.Mani sinim maktabdan kanikulga chiqqanda manam chiqdim

  44. Fazo.tv

    Sumayya, institutdigila yiliga 2 marta dam olishadi, qishda va yozda, shunga so’rudim)

  45. To'maris

    Assalomu alaykum, rahmat yaxwi Summaya singlim, o’zingiz yaxwimisiz? sog’-salomatmisiz?

  46. Sumayya

    A chunarli endi bilvoldim.Nu bizada unaqamasde.Balkim oʻzgarishla boʻgandir.Lekin man maza qib oʻqivomman. smile

  47. Sumayya

    Raxmat yaxshi Allohga shukr

  48. Fazo.tv

    Sumayya, juda yaxshi, o’qish o’zingizga yoqsa, albatta ko’p bilim olasiz smile

  49. Sumayya

    Raxmat omad tilab turgin opam

  50. Sumayya

    Turin dmohchidm sorry

  51. Sumayya

    smile laugh

  52. Fazo.tv

    Albatta! Keyin qayerga topshirishni o’yladingizmi?

  53. To'maris

    Sumayya qayerda o’qiyapsiz?

  54. Sumayya

    Hozirda islom akademik litseyida oʻqivomman.Agar nasib qisa Islom unverstetiga Hadijayi Kubroga i Misrdegi Al-Azharga topshirmoqchiman.Nasb qsa qaysi biriga kirsamam madinaga perevot qvoraman inshaAlloh

  55. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Xudo xohlasa albatta barcha niyatlaringizga yetasiz smile

  56. Sumayya

    Omin etganis kesin. kiss

  57. To'maris

    Assalomu alaykum, Sumayya sizga omad tilayman, yaxwi o’qing, wunda bar4asini uddalaysiz

  58. Sumayya

    RAXMAAAT koootakon. kiss smile

  59. To'maris

    kiss kiss kiss kiss

  60. Qizlar menga yoqadi, lekin men ularga yoqmiman, nima qili?

  61. ❤Pari❤

    : smile smile smile smile smile smile smile -) smile

  62. Qizlar Xudoni izlawsin, yigitlarni emas, Xudoni yuragida topgan qiz, albatta kerakli odamni u4ratadi

  63. Izzatilla

    good

  64. kiss raxmat

  65. sardor.03

    qiz bolaga badavlat va kamtarin bola yoqsa kerak blum

  66. Fazo.tv

    Salom sardor.03, nega shunday deb o’ylaysiz?

  67. Qizlar uchun uni sevadigan yigit mehribon uni tushunadigan kongliga qaraydigan had tomonlama qiz bolani ahvolini hatti harakati odatini boricha qabul qila oladigan yigit yoqadi manimcha menda shunday boshqalarni bilmadim u qanday bolsa shunday sevishini xoxliydi ayol kishi qovurgadan yaralgan qancha harakat qilsa ham u togirlanmiydi insoni tashqi qiyofasi ōzgarishi mumkin lekin ichi õzgarmaydi

  68. In son qalbi pok oqkongil bolsa bad bari amalga oshadi sevgida ham hayotda ham

  69. ❤️❤️❤️❤️

  70. Samandar

    good

  71. Menga sportzalga boradiganlar yoqadi smile

  72. Jasmina opalaring

    Manga 1òrinda allohni tanigan bola bòsa boldi allohni tanisa hamma narsa yaxshi tarafga yuradi ili vinimaniya ham bòlish kk vinimaniya bersa hamma narsa joyida bòladi. hamma gap vinimaniyada qizla esdan chiqarmela agar yigitilada vinimaniya bòlmasa u silani prosta òyincha qip yuribdi

  73. Qanday vinimaniya?

  74. Inkognito

    Menga yigitlar yoqmaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social