Halqaro Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunga kelib sayyoramizning 1, 3 milliard aholisi tamaki mahsulotlariga bog`liq holda hayot kechirishmoqda. Chekish shunchalik hayotimizga kirib keldiki va ko`pchilik uchun bu narsa oddiy hol bo`lib qolgan.
Chekish haqida qanday statistikani bilasiz? Quyida statistik tadqiqotlarga ko`ra eng qiziq chekish haqidagi omillarni keltirib o`tamiz:
– Hammasi bo`lib dunyoda milliarddan ortiq chekadigan insonlar yashamoqda.
– Chekish har 6 soniya ichida sayyoramizning bitta insonini nobud qilmoqda.
– Chekadigan inson o`rtacha o`zining hayotini 18 yilga qisqartiradi.
– Har bir chekadigan inson 10 yil mobaynida bitta o`rta klassdagi mashinani chekib qo`yadi. Bu masalan, Mazda 6, Ford Focus, Chevrolet Lacetti, SkodaOctavia, Audi A4 bo`lishi mumkin.
– Eng ko`p chekadigan mamlakat bu – Livan. Ammo yaqin kunlargacha birinchi o`rinlarda Kuba, Mongoliya va Rossiya bo`lganlar. Eng kam chekadigan mamlakat esa – Butan va eng kam chekadigan insonlar maydonining kattaligi bo`yicha – Madagaskarda.
Chekishni oldini olish uchun ko`riladigan xavfsizlikga qaramay, chekish eng omavviy yo`q qilish quroli deb hisoblanadi, chunki yilda u xar qanday urushlardan ko`ra ko`proq hayotlarni olib ketadi.