Ko`pdan buyon diydorlashmagan dugonangiz bilan shu bugun tushlikda, o`sha mash`um qahvaxonada uchrashmaganingizda, vafodor umr yo`ldoshingizning bir qiz bilan chaqchaqlashib o`tirganini ko`rmagan bo`larmidingiz… Ammo to`xtang! U erda janjal ko`tarish sizga yarashmaydi. Ortiqcha hissiyotlarga berilmang. Aksincha, aybdorlarga yaxshigina zarba berishga zimdan tayyorlaning!
Turmush o`rtog`ingizning xiyonatiga guvoh bo`lganpaytingiz, birinchi navbatda: “Menga nima kerak?”, degan savolga javob izlashga harakat qiling. Eng qiyini eringizning bu “ayb”iga ham qaramay sevishingiz, olamda undan yaxshisi yo`qligiga ishonishingiz. Agar shunday bo`lsa, oilani saqlab qolishni istasangiz, oqilona yo`l tutishga harakat qiling! Shunday qilingki, xiyonatkor “vafodor”ingiz bundan dovdirab qolsin!
Jahldan tiyilgan yutqazmaydi
…Azizani tanib bo`lmay qoldi. U xuddi dunyoni suv bossa, to`pig`iga chiqmaydigan odamga aylanib qolgandek edi. Yaqinlari, hattoki besh yil birga yashagan eri — Rustam ham unga qarab lol edi. Ayniqsa, o`sha kun… Turmush o`rtog`ini mashinasida bir qiz bilan ko`rib qolganidan so`ng Aziza boshini mag`rur tutgancha ters burilib ketdi va boshqa yo`ldan yurishga ahd qildi.
So`nggi bir necha haftalar davomida er rafiqasidan janjal ko`tarishi, uni savollarga tutishi, azoblanishi, hech bo`lmaganda yig`lashini kutgandi. Aksiga olib, xotini tamoman sukutda. Bu jimjitlikdan qutulish uchun u nimadir qilishi kerakligini o`ylardi. Aybini yuvish, oiladagi xotirjamlikni saqlab qolish va Azizani xursand qilish uchun Rustam o`ylay-o`ylay uyni ta`mirlash ishlarini boshlab yubordi. Keyin esa yoz kelganida issiq o`lkalardan biriga sayohat yo`llanmasini sovg`a qildi. Bu paytda esa Aziza “jarimaga tortilgan” eridagi ijobiy o`zgarishlarni jimgina kuzatishda davom etdi…
Aybdorlik hissi oilaga foyda keltirsa, erkak kishining xiyonat ko`chasiga kirishiga yo`l qo`ymasa, bunga qarshilik qilmaslik lozim…
Er — yarim pirmi?
Erni hurmat qilish, unga itoat etish rafiqaning burchi, biroq butun olam er atrofida aylanmasligini ham tushunish lozim. Odatda, biz — ayollar butun borlig`imiz va hayotimizni turmush o`rtog`imizga bag`ishlaymiz. Uning atrofida parvona bo`lamiz, vaqti kelsa, istagiga ko`ra, o`z orzularimizdan voz kechamiz. Biroq mehrimiz va ishonchimiz evaziga xiyonat bilan javob qaytarilsa-chi?
… Institutni ikki bolasi bilan bir amallab bitirib olgan, uchinchi farzandi to`rt oylikka to`lgan Masturaningyuragiga pichoq sanchilgandek bo`ldi… Eri Ilhom unga vafosizlik qildi. Qalbining tubidan otilib chiqqan “Qachongacha sabr qilish mumkin?”, degan og`riqli hayqiriq bora-bora uni o`zgartirdi. Turmush o`rtog`idan nima uchunligini so`ramang, deya yaxshigina pul oldi. Farzandlarini qaynonasiga topshirib, yillar davomida unut bo`lgan maskan — go`zallik saloniga oshiqdi. Qaytishda bir necha do`konga kirib, o`ziga yoqqan, ilgari olishga iymangani yorqin rangli kiyimlardan xarid qildi. Ayol kishi o`zi haqida qayg`urishi va e`tibor berishi kerakligini u endi tushuna boshlagandi. Shu bois qaynonasi bilan maslahatlashib, mutaxassisligi bo`yicha ish qidirdi, erining xiyonatini esa eslamaslikka urindi. Tashqi ko`rinishini yaxshilash va uydan chalg`ish maqsadida fitnes klubga a`zo bo`ldi. Masturaning ruhan tetiklashgani, dilbar ayolga aylangani eriga faqatgina ijobiy ta`sir qildi. Yonginangda shunday go`zal bo`lsa-yu, vaqting, e`tiboringni ko`chadagi engiltaklarga ajratasanmi, kishi?! Yo`q, albatta. Buni vaqtida tushungan Ilhom rafiqasining sevgisi va ishonchi uchun kurasha boshladi.
Raqib tomon qadam tashlang!
Lolaning tutgan yo`li tahsinga sazovor! Muloyim va xushchaqchaq ayol bo`lgani uchun boshqa dugonalaridan farqli o`laroq, erning jazmani ham inson ekanligini unutmadi. Va zudlik bilan dushmaniga yaqinroq bo`lish taraddudini ko`rdi.
O`sha yoshgina juvon bilan ilk uchrashuvlari eri — Botirning ofisida bo`lgandi. Erining ishxonasiga ogohlantirmay kirib borgan Lola Botir akaning yonida suzilibgina turgan qizga duch keldi.
Ikkinchi uchrashuv shahar markazidagi qahvaxonalardan birida bo`lib o`tdi. Qattiq asabiylashayotgan ayolsochlarini hech kim yulmayotganiga hayron edi. Suhbat davomida ayolning pulga muhtojligi ma`lum bo`ldi, shunga ko`ra, unga Botir aka emas, balki uning boyligi kerak ekan. Qiz dang`illama uy, ikkala mashina hamda bankdagi hisobraqami Lolaning nomida ekanligini bilgani zahotiyoq, oshig`idan osongina voz kechdi, ya`ni boshqa birovning mashinasiga o`tirib ketadigan odat chiqardi.
“Mendan boshqa kimga ham keraksan!”
Erkaklar rafiqalariga xususiy ko`chmas mulklariga qaragandek munosabatda bo`lishga odatlanishgan. Ularning nazdida, er boshqa gullarni hidlab kelguniga qadar xotin xuddi haykal kabi bir joyda qimir etmay turaveradi. Afsuski, bu yanglish fikr!
Nafosat opa erini desa jonini berishga ham tayyor edi. U bilan birga kechgan o`ttiz yil ichida biror marta ajrashishni istamadi. Biroq hamisha ham hayot ko`rguliklariga bizning xohish-istaklarimiz to`g`ri kelavermas ekan. Eri — Azimjon xotinining oilasi buzilgan dugonasi bilan yaqin munosabatda ekani ma`lum bo`lganidan so`ng Nafosat opa qattiq aziyat chekdi, ruhi ezildi. U dugonasidan shu zahotiyoq voz kechdi, biroq eri uchun kurashni boshqacharoq usulda qo`lladi. O`sha mash`um kundan bir hafta o`tgach, uydagi kompyuteridan internetga kirib, ijtimoiy sahifaning a`zosiga aylandi. U erdan maktabdoshlari va kursdoshlarining bir qanchasini topdi. Oradan hech qancha vaqt o`tmay, sinfdoshlari bilan uchrashuvga yasan-tusan qilib otlanayotganida Azimjon xotinidan xavotirga tushib qoldi. Va uni yo`qotmaslik uchun o`zgarishga qaror qildi.
Sevgan, suyangan, joningni fido qilishga tayyor, o`zingga inongandek ishongan insoning ortingdan kelib, pichoq sanchishiga bardosh berish juda qiyin. Buni faqat boshidan o`tkazganlargina biladi… hech bir oilani xiyonat atalmish ko`rgulik barbod qilmasin, bolalar tirik yetimga aylanmasin!
Patrik Albertni yozishicha agar ayol kishi koʻchaga chiqvotganda yengi kiyim bilan chiqsa eri boshqa ayol bilan salom alikda boʻladi.Agar koʻchaga chiqqanda pardoz bilan yursa eri boshqa ayol bilan jiddiy aloqada boʻladi.Agar ayol uydan tashqarida boshqa erkak bilan salom alikda boʻsa shu ayolli eri boshqa ayol bilan oʻz xotiniga xiyonat qiladi.Afsuski bu gap hozirgi glabal prablemani shundoqqina dalili.Deme erke kishini xiyonati ayol kishiga bogʻliq.Endi bu mani lichniy fikrim
Salom Sumayya, bu gapga qarasa ayol kishi ko’chaga chiqmagani yaxshimi?
Assalom, k6pin4a erkelani 6zi aybdor. Erke kiwi xotinini hurmat qiliwi kere. Wunda oilada tin4li b6ladi.
Assalomu aleykum.Etganimde bu mani shaxsiyfikrim.Lekin tangani bir tarafi shunaqa dvotti
Do’stlar raxmat fikringiz uchun! O’zingizchi xiyonatni kechirgan bo’larmidingiz?
Xiyonat jufti halolliki boʻsa tebade shpargalkaladan foydalanish mumkin.Doʻslani xiyonati kechirishga arzimidi dp oʻylamiman
Salom Sumayya, do’stlar qanday xiyonat qilishlari mumkin?
Assalomu aleykum doʻsla dushmanlar yon bosish bilan xiyonat qiladi dp oʻyliman
Dushmanga dmohchidm
Salom Sumayya, fikringiz uchun raxmat. Insonlarda haqiqiy dushmanlar bo’ladimi?
Man haqiqiy dushman deb oʻzini kimligini bilmagan insonga etaman.Chunki oʻziligini bilmagan insonni qoʻlidan har narsa keladi.Keyin ALLOHda qoʻrqmidiga insonniyam dushman diyish kere.Allohdan qoʻrqmidigan inson inson niqobidagi shayton boʻladi.
Salom Sumayya, Boshqa dinda bo’lsachi u inson?
Assalomu aleykum.Mana man yana keldim.Boshqa dinda boʻldimi musulmon boʻladimi hammamizni Alloh yaratgan.Lekin koʻngli toza insonni qalbida hurmat va qoʻrquv pastiyanni drugoy boʻb yuradi dp oʻyliman.U hoh ateist boʻsin hoh koʻp xudoli boʻsin hoh nasroniy boʻsin hoh yaxudiy boʻsin hoh musulmon boʻsin qalban haqiqiy inson mani fikrimcha biroʻni qalbiga ozor beradigan darajada boʻmidi.Endi bu mani fikrim
Salom Sumayya, juda chuqur va juda zo’r fikr bildirdingiz! Katta raxmat sizga. Haqiqatdan ham hammasi insonni o’ziga bog’liq. Tarbiyaga ko’p narsa bog’liqdir. Nima deb o’ylaysiz, tarbiyaning o’rni qanday?
Assalomu aleykum.Raxmat.Maqtovla uchun.Tarbiya abizatilna inson hayotida kotta oʻringa ega.Tarbiyaga asosan ota ona masʼul.Lekin ota onam tarbiyani qachon berarkin dp oʻtirish hish nmani oʻzgartirmidi.Qars ikki qoʻldan chiqadi.Tarbiyani beradigan ota ona boʻmasa oʻqituvchila bor.Lekin tarbiyani koni kitobda muntazam ravishda berilgan.Kitop bilan padrushka boʻp yurgan odam tarbiyani birodan oʻrganmidi.Biroga oʻrgatadi.Agar oʻqib sal boʻsayam nmanidir chunsa.Tepada berilgan xiyonatlaga oʻrin qomidi manimcha.Vay boʻldi jaaa aqilli boʻp kettim.Boshqa odam kamentimmi oʻqib ensasi qotadigan darajaga oborvordim.Kechirasila
Salom Sumayya! Yo’q unday demang. Sizning kommentlaringizni o’qib biz mazza qilamiz. Juda aqlli va foydali narsalarni yozasiz Kitob haqida gapiradigan bo’lsan, sizning fikringizcha, nega hozir bolalar va yoshlar kam kitob o’qishadi?
Assalomu aleykum mani fikrimcha hozirgi yoshlani kam kitobligini sababi texnika rivojlanganligi dp oʻyliman.Rostanamde telefon dgan kashfiyot turganda kitobga qaridigan bolla afsuski barmoq bilan sanarli darajaga yetti.Sababi hozir 21-asr.Yana mani fikrim onani koʻp odatlari farzandi hali tugʻilmasidanoq unga meros boʻlib qolarkan.Yaʼni ona xomladorlik paytida kitobxon boʻsa bolasi olim darajasiga yetarkan…
namuncha shedri gapla qattan
Admindan bita narsa soʻramohchidm.Nmaga boshqa din haqida soʻradiz
ALLOHDAN qoʻrqmidigan insonniyam dushman diyish kere degan gapga boshqa dinda boʻsachi degna savolingiz ni etvomma
Salom Sumayya, to’g’ri aytasiz. Lekin telefonda ham kitob o’qisa bo’ladiku, nega bolala ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishadi, kitob o’qish o’rniga?
Salom Jon4567, bu dunyoda dinlar ko’p, shunga musulmonlar Allohga ishonishadi, boshqalar o’zlarining Xudolariga, kimdir esa Xudoga umuman ishonmaydi. Shunga savol berdim, inson boshqa dinda bo’lib, Allohdan qo’rqmasa, uni dushman deb bilsa bo’ladimi
Assalomu aleykum toʻri telefonda kitob oʻqisa boʻladi lekin oʻqilgan narsani atigi 30% esda qolarkan.Haohlamasdan boʻlsada alfabet kitob olib oʻqilsa kamida 60%i informatsiyani eslab qolish mumkinakan.
Musulmonla uchun boshqa dindagi inson dushman boʻladi
Salom Sumayya, juda qiziq ma’lumot berdingiz. Katta raxmat. Demak kitob o’qigan yaxshiroq ekan
Sumayya, nega dushman bo’ladi?
Chunki haq din islom dini.Qogan dinlani hammasi odamla tomonidan oʻylap topilgan.Bu dgani shayton u bilan doim birga.Musulmon kishiga eng kotta dushman shayton.Shunichun islom dinida boʻmagan odam dushman dganidim
Salom Sumayya, lekin boshqa dinlarni xurmat qilish kerak emasmi? Ko’p dinlar Islom dinidan oldin paydo bo’lganku.
Uzur kechirasizu lekin Yer yuziga birinchi tushirilgan inson Odam alayhissalom boʻlib islom dini Xazrati Odam alayhisalom davrlaridan beri bizgacha yetib kelgan.Bu 100% fakt
Salom Sumayya, fikringiz uchun raxmat.
Хиёнатдан динга утиб кеттилами? Одамато мусулмон буган дисизми? нима дивоссиз? одамлани алдамен
Salom Тимур, iltimos asabiylashmang
бумаган нарсалани гапиргандан кейин, шунака жахл чикади дэ. манам мусульмонман, лекин тугри нарсаларни гапириш кере
Man berilgan savolga toʻri javob berdim.Gapimgayam javob beroliman.Agar mani gapimga ishonmasez Tarixi islomiya kitobini oʻqib chiqing.Agar buniyam yoʻli boʻmasa qoʻlizdegi telefondan hohlagan internetli pragrammadan qidirb eshtib koʻrin.Hali hich kim sizzi musulmonmassiz dgani yoʻ.Manam boshqa dinga behurmatli qilish kere dmadim.
Hop mani gapim toʻri boʻmasa oʻziz etinchi toʻrisini.Manam bilvoliy
Iso alayhissalom Rafiq aʼloga rihlat qiganlaridan keyin boshqa dinla kep chiqishshi boshlangan.S.A.V.ga vahiy keganida islom dini koʻpchili uchun yengili boʻgan.Shunichunam islom dini boshqa dinladan keyin paydo boʻgan dgan tushuncha odamlani miyada qop ketgan
ислом китоблани укиб, факат шу тугри диб уйлисизми? нормальный тарихий китоблани укин, шунда дунёкарашиш кенгаяди
Man hohlagan savolizga javob beradigan darajada aqilliman dmiman.Lekin dunyo qarashga qarashga yetadigan koʻzim borligini etoliman.Hop mayli ayp manda oʻtti adminda iltimos qilardim yozga kammentlarimmi oʻchirib tashashlarini
Salom do’stlar! Iltimos urushmanglar. Timur kechirim so’rashingizni iltimos qilardik.
Кимнидур хафа килган бусам узур