Yangi yilda, siz uchun sevimli bo’lgan ayolingizga qanday sovg’a olish mumkin?

Yangi yilda, siz uchun sevimli bo’lgan ayolingizga qanday sovg’a olish mumkin?

31-dekabr kuni savdo markazlariga bormaslik uchun hozirning o’zida mukammal bir sovg’ani tanlang.

Kosmetika

Deyarli har bir qiz lab bo’yog’i yoki cho’tkalar to’plami bo’lgan katta palitrani orzu qiladi. O’ziga qarashni sevadiganlar yoki bo’yanish san’ati karyerasini orzu qiladiganlar ushbu sovg’a bilan mamnun bo’lishadi.

Parfyumeriya

Bu yerda iloji boricha ehtiyotkorlik bilan harakat qilishingiz kerak. Bir yoki ikkita yoqimli hidga sodiq bo’lgan qizlarga, sevimli parfyumni ishonch bilan olish mumkin. Tajriba ixlosmandlari o’zlarining lazzatlariga ko’ra yangi narsalarni taqdim etishlari mumkin.

Sochni tayyorlash moslamalari

Ayollar shiori: “To’g’ri sochlarni jingalak qilish, jingalak sochlarni esa to’g’ri qilish!” Ba’zilar faqat bayramlarda, ba’zilari esa – har kuni ertalab bunga amal qilishadi. Yaxshiyamki, bugungi kunda uslubni yengillashtiradigan va vaqtni tejashga imkon beruvchi moslamalar mavjud: sochlarni to’g’rilaydigan, jingalak qiladigan moslamalar va hakozo.

Tana parvarishiga mo’ljallangan turli xil to’plamlar

Xushbo’y kremlar, skrablar va tana yog’lariga mo’ljallangan to’plamlar hech qachon kamlik qilmaydi. Ayollar ushbu to’plamlar nima uchun ishlatilishini va hammomning qayerida joylashtirishni juda yaxshi bilishadi. Har qanday sifatli to’plamni olishingiz mumkin, bu yerda hech qanday xavf-xatar yo’q. Faqat sovg’a olayotgan insonni to’plamning tarkibiy qismlariga allergik emasligiga ishonch hosil qiling.

Manikyur asboblari

Bu qaychi va shunga kerakli kichkina asboblar emas. Ko’pgina qizlar uchun juda ham ilg’or va kerakli narsalar mavjud: manikyur uchun moslama yoki gel-lakni quritish uchun UV-chiroq.

Qulay kiyimlar

Puxta tanlangan kofta yoki sharf – zerikarli sovg’a emas, lekin juda ta’sirlidir. Muloyimlik ta’sirini kuchaytirishni xohlaysizmi? Bir xil uslubda yoki bir xil naqshlar bilan juftlangan sviterlar oling. Va, albatta, ohularni va qor parchalar yoqtirmasangiz, Yangi yil mavzuni tanlash shart emas.

Pijamalar

Juda yumshoq va juda yorqin, huddi oppoq qishdek.

Diffuzorlar

Diffuzor – uyda nozik, xushbo’y hidni yaxshi ko’radigan qizlar uchun mo’ljallangan ajoyib sovg’adir. Diffuzorlar bilan siz hidning intensivligini moslashingiz mumkin: bitta tayoqni joylashtiring va hidni his qiling yoki bir necha tayoqchalarnni qo’shing va kuchaytiring.

Mazali choy va krujka

Agar ayollingiz o’z kunini chashka choy bilan boshlaydigan bo’lsa, fermentlar va fermentlanmagan choy orasidagi farqni bilsa, shubhalanmang: mazali choy, albatta, uni xursand qiladi. Faqat ichimlik tanloviga ehtiyotkorlik bilan yondashing. Agar tanlashda juda yaxshi bo’lmasangiz, do’stlaringizdan choy yoki yaxshi mutaxassis maslahatchidan va do’kondan so’rang. Sovg’ani yoqimli, chiroyli krujka bilan to’ldiring.

Zargarlik buyumlari

Juda ham zo’r sovg’a, ammo juda xavfli variant. Agar taxmin qilsangiz, sovg’a quvonch bilan qabul qilinadi. Agar bo’lmasa, muloyim tabassumdan keyin sovg’a qutining uzoq burchagida qolib ketadi. Ayol qanday taqinchoqlarni Afzal ko’radi? Katta yoki deyarli sezilmas? Kumush, oltin yoki bijuteriya? U klassik shakllarni yoki aslini yoqtiradimi?

Xushbo’y shamlar

Bunday sovg’a bir vaqtning o’zida ko’p qirrali va yoqimli hidni tanlashda murakkablik tug’diradi. Shuning uchun ayolingiz qanday xushbo’y hidni yoqtirishini bilib oling. Uni balki yangi qahvaxonaning xushbo’y hidi xushnud qilar yoki shunchaki gullarning ajoyib hidi. To’g’ri tanlangan hidli sham uyni yoqimli hid bilan to’ldiradi va qulay muhit yaratadi.

Kichik narsalar

Yangi yil paypoqlari, kosmetika soladigan, uyqu maskalari – har doim ham foydali bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social