Bir hafta oldin Apple taqdim etgan yangi MacBook Pro 2015 faqatgina bir martalik foydalanish uchun ekan. Demak, agarda unda bir nima buzilsa, uni tashlab yuborib va yangisini sotib olishga to`g`ri keladi, chunki u butunlay sozlashga yaroqli emas. Shunday hulosaga mazkur noutbukni ochib ko`rgan “iFixit” mutahassislari kelishdi.
Mutaxassislar MacBook Pro ni ochishda bir qancha muommolarga duch kelishgan, chunki unda ko`pgina berkitilgan vintlar va juda ko`r miqdorda elim ishlatilgan ekan.
iFixit mutahassislar yopishtirilgan operativ xotiraga va proprietar Samsung ishlab chiqargan SSD-to`plagichga duch keldilar va hatto displey ham etarli darajada himoyalanmagan.
Akkumulyator ham korpusga yopishtirilgan va uni olib tashlash juda qiyin bo`lgan. Natijada, yuqorida aytilganidek, Apple MacBook Pro sozlashga yaramaydi va hattoki apgreyd qilish ham mumkin emas. Shunday qilib, bir marta foydalanadigan “olmali” noutbuk 10 balldan faqatgina 1 ballga ega bo`ldi va shu 1 ball faqatgina uning ochilgani uchundir.
Manba: MobileDevice