Audi kompaniyasi uchta shou-kar — Skysphere, Grandsphere va Urbansphere lineykasini taqdim etdi. Ularning birinchiga oid ma’lumotlarga hozirda tarqalib ulgurdi: 13-avgust kuni Kaliforniyadagi Monterey Car Week festivalida rasmiy taqdimoti o‘tkaziladigan Skysphere elektrorodsterining rasmiy suratlari e’lon qilindi. Yangi rodster harakatlanish rejimidan kelib chiqib, uzunligini o‘zgartira oladi. Qo‘shiladigan uzunlik 25 santimetrni tashkil etadi va buning barchasi g‘ildiraklar bazasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Uzayadigan Skysphere hozircha konsept bo‘lib, Audi’ning dizayni rivojlanayotganini namoyish etishga qaratilgan: markaning kelajakda paydo bo‘ladigan elektrokarlari aynan shu kabi ko‘rinishda bo‘lishi kerak.
Skysphere o‘tgan asrning 30-yillaridagi besh metrli Horch 853 rodsteri kabi yaratilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan art-deko uslubini saqlab qolgan. Konseptning radiator panjarasi joyida yorug‘lik naqshli yaltiroq panel mavjud — quyruq qismida esa qizil yorug‘lik diodlar. Boshqa dizaynerlik jihatlari orasidan keng g‘ildirak arkalari, 23 dyuymli aerodinamik diskalari va yig‘iladigan tom qismi o‘rin olgan.
Rodster uzunligi o‘zgaruvchan. Skysphere 25 santimetrgacha uzayishga qodir va bularning barchasi g‘ildiraklar bazasi hisobiga to‘g‘ri keladi. Sports rejimida mashina uzunligi 4,94 metrni, tinch harakatlanishga mo‘ljallangan Grand Touring rejimida esa 5,19 metrni tashkil etadi. Umuman olganda jismoniy transformatsiya g‘oyasi yangi emas: Renault Morphoz ham xuddi shu kabi ishni qila olardi.
Ta’kidlash kerakki, Skysphere jihozlangan avtopilot boshqaruv jarayonida haydovchining aralashmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, tizim faollashtirilganida rul avtomatik ravishda old panelga, tepkilar esa pol tirqishiga yig‘iladi. Haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchining zerikmasligini keng formatli displeyga ega multimedia tizimi ta’minlaydi.
Rodster 623 ot kuchini taqdim etishga qodir elektromotor yordamida harakatga keladi. U esa o‘z navbatida 80 kilovatt-soat sig‘imli batareyadan quvvatlanadi. Bir marta quvvatlanish orqali mashina 500 kilometr yo‘l bosishga qodir. Og‘irligi 1,8 tonnaga yetadigan Skysphere soatiga 100 kilometr tezlikka to‘rt soniyada erishadi.
Qolgan konseptlar 2021-yilning sentabrida Myunxenda o‘tkaziladigan avtosalonda taqdim etilishi kerak.
Audi vawe z6r avtola 4iqazadi. 6zimga albatta bittasini olgan b6lardim
Elecromi? Benzinda b6sa arzimidi