Aviatsion, koinot va harbiy texnikalarni ishlab chiqaruvchi eng katta kompaniya Boeing – smartfon Black ni ishlab chiqardi va ushbu smartfon o`z foydalanuvchisining ma`lumotlarini saqlash uchun o`zini yo`q qilishi mumkin.
Moslamani buzib ochish uchun har qanday urinish bo`lgan taqdirda, moslama hamma foydalanuvchining ma`lumotlarini va operatsion tizimni o`chirib tashlaydigan tizimni yoqadi. Smartfonni ishlab chiqarishga 3 yil sarflangan.
Boeing Black 540×960 pikselli 4,3-dyuym ekranga ega, 2 SIM-kartani va LTE tarmoqni qo`llab quvvatlaydi. Telefon ma`lumotlarni saqlash uchun maxsus Android operatsion tizim ostida ishlaydi.
Boeing Black ga kiritilgan tizimning asosiy hususiyatlari – xavfsizlik va modullikdir. Shu narsa foydalanuvchilarga uni har qanday vaziyatda ishlatishga imkoniyat beradi. Boeing kompaniyasining habar berishicha, Boeing Black mahsus epoksid tizimida yig`iladi va har bir vint maxsus qoplama bilan yopilgan. Har qanday ochish haraqati xamma ma`lumotlarni va tizimni o`chirib, boshqa shu telefon bilan keyinchalik foydalanishga imkoniyat bermaydi.
endi boeing qolganidi smartfon chiqarmagan
endi bitta shunday telefon bulsa emon bulmasdi