Lytro kompaniyasi “Lytro Cinema” mukammal kamerani taqdim etdi va u aynan vizual effektlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
Mazkur kamera rasmni 3D sifatida ko’rsatish imkoniyatiga ega. Operator hamma ob’ektlarni va detallarni belgilashi mumkin, bu esa kinolentaga vizual effektlarni yaratishga va qo’shishga imkoniyat beradi.
Shuningdek, Lytro Cinema kino oluvchilarga qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi va video tasvirdan so’ng xatolar aniqlaganda, sahnani boshqatdan qo’yish kerak bo’lmaydi.
Bundan tashqari, kameraning dasturiy ta’minoti videomaterialni kerak bo’lgan kadr va videoformatga to’g’irlab qo’yadi, masalan, IMAX uchun va televideniya. Yangi moslamani vaqtinchalik ishlatib turish $125 000 dan boshlanadi. Kamerani sotib olish narxi haqida ma’lumot berilmagan.
Manba: 24gadget.ru