«Samsung» kompaniyasi tomonidan yaratilgan va diagonali 110 dyuym (280 sm) bo`lgan «UHDTV110» televizori uyda foydalanish uchun mo`ljallangan dunyodagi eng katta televizior nomiga bemalol da`vogarlik qilishi mumkin.
Berlindagi «IFA» iste`mol elektronikasi ko`rgazmasida o`tkazilgan taqdimot chog`ida «UHDTV110» televizorining ekranida piksellar soni uy televizorlarining zamonaviy modellarida qo`llanadigan piksellar sonidan to`rt baravar ko`p ekani qayd etildi. Bu ko`rsatilayotgan tasvirning juda katta aniqlikda bo`lishini ta`minlaydi.
Iste`mol elektronikasi sohasidagi ekspertlarning so`zlariga ko`ra, yangi televizordagi tasvirning sifati juda yuqori bo`lib, u tomoshabinda uch o`lchamli tasvirdan ko`ra ko`proq taassurot qoldiradi. Bunday gadjet klassik uslubda jihozlangan uydagi mehmonxonaga unchalik to`g`ri kelmaydi, ammo unda futbol o`yinlari tomosha qilinsa, futbolchilarning deyarli bo`yi-basti bilan ko`rish mumkin bo`ladi.
Hozircha yangi qurilmaning narxi noma`lum. Qayd etib o`tamiz, 2013 yil yanvarida CES ko`rgazmasida “Westinghouse” Amerika-Yaponiya kompaniyasi xuddi shunday diagonalga ega televizorni taqdim etgandi. O`shanda ulkan ekranli ushbu qurilma 300 ming dollarga baholangan.
televizor daxshat ku, xozir xitoyliklar undan kattarogini ishlab chikarishni boshlagan bulsalar kerak ))) va albatta arzonroq
Futbolga ja zo’r ekan
voy gapirmang, yurakni voobshem yorvoradiu )))
Dubaida ko’rganimda narxi 40 ming dollar edi