Kanada kompaniyalaridan biri “eSight” tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim jiddiy ko`rish qobiliyati muammosi bor va ko`rishga qiynalgan insonlarga atrofdagi narsalarni aniq ko`rishga yordam beradi. Ushbu tizim ko`zoynak va boshqarish “pult`” dan iborat va u yordamida ranglarni va keskinlikni sozlash mumkin.
eSight ko`zoynaklarida rivojlangan yuqori tezlikdagi kamera ishlatilgan bo`lib, u foydalanuvchining oldida sodir bo`lgan hamma narsani yozib va ma`lumotlarni boshqarish pul`tiga jo`natadi. Unda algoritmlar yordamida ko`rishga qiynalgan insonning muhtojligiga qarab video o`zgaradi.
Qayta ishlangan video yana ko`zoynakga jo`natiladi va linzalarda ko`rsatiladi, linzalar esa aslida OLED ekranlardir. Jarayon juda tez kechadi, shuning uchun foydalanuvchi bu narsalarni real vaqtda ko`ryapti deb aytsa ham bo`ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashicha, ushbu texnologiya butunlay ko`zi ojiz insonlarga to`g`ri kelmaydi, ammo ko`rishga qiynalgan insonlar uchun juda foydali bo`lishi mumkin va yaxshi ko`rishga xalaqit beradigan kasalliklarga duchor bo`lgan insonlarga yordam beradi.
Foydalanuvchi o`zi pul`t yordamida tasvir ustida ishlashi mumkin. Masalan tasvirni 14 karra yaqinlashtirish mumkin. Bu narsa televizor ko`rishda, o`zoqda turgan soatni ko`rish yoki gazeta o`qishga yordam beradi.
Hozirda, eSight tizimi juda qimmat narhlarda ya`ni $15 000 ni tashkil etadi. Biroq, ko`zoynaklarni hammabop va iqtisodiy jihatdan arzonroq qilish ishlari davom etmoqda.