AQShliklar uchun iPhone SE ning narxi 16 GB lik uchun $400 va 64 GB esa $500 hisoblanadi.
IHS iSuppli analitiklari yangi smartfonning qismlari va yig`ilish narxini aniqlashdi. Bu erda ilmiy-tadqiqot ishlari, logistika, markenting, ishchilarning ish haqi va boshqa harajatlar hisobga olinmagan.
Natija shuni ko`rsatdiki, Apple kompaniyasi iPhone SE 16 GB ni ishlab chiqarish uchun $160, iPhone SE 64 GB ni ishlab chiqarish uchun esa $170 harajat qilgan. Eng qimmat qismlardan biri bu Apple A9 chipi hisoblanadi va uning narxi $22 ni tashkil qiladi. Shuningdek, Gorilla Glass oyna $20.
Apple displey uchun $20, simsiz aloqa chip Qualcomm uchun $15, ikki kamerasi uchun $13.3, operativ xotira uchun $11.8 va akkumulyator uchun $2.1 sarflagan.
iPhone SE 16 va 64 GB ning tannarxining farqi 10 dollar, bozorda esa bu modellarning farqi esa $100 ni tashkil etadi.
Manba: 24gadget.ru