iPhone sotishdan oldin 7 ta qilish kerak bo’lgan narsa

iPhone sotishdan oldin 7 ta qilish kerak bo’lgan narsa

Sevimli qurilmangizni sotishdan oldin quyidagi oddiy qadamlarni bajaring.

Zaxira nusxasini qiling: Telefoningizni USB orqali kompyuterga ulang, iTunes ga kiring, ro’yxatdan qurilmangizni tanlang, so’ngra “Zahirani yaratish” tugmasini bosing.

Barcha rasmlarni o’chiring. Agar MacOS kompyuteringiz bo’lsa, unga qurilmani ulang, “Rasm” ilovasiga kirib, kerakli rasmlarni tanlang va “Belgilanganini import” tugmasini bosing. Importdan so’ng “iPhone’dan rasmlar o’chirish” tugmasini bosing. Agar sizda Windows bo’lsa, qurilmani kompyuterga ulang, “Start” → “Rasmlar” → “Import” → “USB-qurilmadan”, undagi ko’rsatmalarga rioya qiling. “Rasmlarni importidan so’ng qurilmadan o’chirish” belgisini bosishni unutmang.

iMessage ni o’chiring: “Sozlamalar” → “Xabarlar” → “iMessage” → “O’chirish”.

FaceTime ni o’chiring: “Sozlamalar” → “FaceTime” → “O’chirish”.

iCloud akkauntni o’chiring: “Sozlamalar” → “iCloud” → “Chiqish”.

Apple ID dan chiqish: “Sozlamalar” → “iTunes Store va App Store” → “Apple ID” bosing → “Chiqish”.

Zavod sozlamalarini tiklash: “Sozlamalar” → “Asosiy” → “O’chirish” → “Kontent va sozlamalarni o’chirish”.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ayfon busa sotamande rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social