Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

Yoz oylari yurtimizda juda issiq kechadi va bu holat elektrotexnika jihozlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Rossiyskaya gazeta» nashri jaziramada smartfonning qizib ketishiga va ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikning beshta oddiy usulini tavsiya etgan.

  1. Smartfonni quyoshli joyda qoldirmang. Kishilar ko‘pincha tomorqada ishlayotib yoki sohilda dam olayotib, biror qo‘ng‘iroqni eshitmay qolmaslik uchun telefonni ham yonlariga qo‘yib qo‘yishadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari esa, avvalo, akkumulyatorning qizib ketishi, oxir-oqibatda tez ishdan chiqishiga olib keladi. Qolaversa, hozir ko‘pchilik smartfonlarda AMOLED-displeylar o‘rnatilgan va ular quyosh nurida kuyishi mumkin.
  2. Devaysingizni g‘ilofda saqlamang. Smartfon quyoshli joyda yotgan bo‘lsayu, ustiga chexol ham kiydirilgan bo‘lsa, uning qizishi yanada tezlashadi. Ayniqsa, to‘q rangli g‘iloflar quyosh nurini o‘ziga ancha ko‘p yutadi.
  3. Smartfonni zo‘riqtirib qo‘ymang. Ko‘p resurs talab qiluvchi vazifalar – o‘yin o‘ynash, film tomosha qilish (ayniqsa onlayn rejimda) va hokazolar tufayli smartfon qizishini bilasiz. Jazirama havo sharoitida esa bular unga qo‘shaloq zarba bo‘ladi, shu boisdan quyoshda toblanayotib, smartfonda bu kabi ishlarni qilmang.
  4. Smartfonni quvvatlamang. Telefoningiz zaryadlash jarayonida ham qizishini payqagan bo‘lsangiz kerak. Quyosh tushib turgan, havo o‘zi issiq bo‘lgan joyda bu ishni qilish ham yaramaydi. Zo‘riqtirib ishlatish holatida bo‘lgani kabi, bunda ham qurilmangiz ishdan chiqishi yoki kamida uning batareyasi to‘zishi turgan gap.
  5. Aloqa signali past bo‘lgan joylarda smartfondan foydalanmang! Gadjet bunaqa holatlarda antenna izlab, akkumulyator quvvatini odatdagidan ko‘proq sarflaydi; bundan tashqari, zararli nurlanishni ham ko‘proq taratadi. Issiq havoning ta’siri ustiga bular ham qo‘shilib, devaysingiz shikastlanishi va o‘zingizga ham ziyon yetkazishi mumkin.
Kommentlar: 48 komment. 48 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Assalomu alaykum Telefon ishlatmayman ishlatganda albatta amal qilaman

  2. Maqola har doimgidek foydali ajoyib maqola ekan rahmat fazotv

  3. Salom alaykum Gulli, telefon umuman iwlatmiszmi?

  4. Тимур

    Якинда кере бупколади

  5. Yoʻq ishlatmayman balki ishlatsam kerak boladi

  6. Telefonsz bor odamlar ham borakan smile

  7. Ha balkiy

  8. Uziz yoqtirmismi yoki ruxsat beriwmidimi?

  9. Uydagilarim qarshi turmushga chiqsang ering olib versa ruxsat versa ishlatasan deyishgan hozir ishlatsang boshing boshqa narsalar bilan aylanib ketadi deyishgan

  10. Ke4irasz, sizzi iwizga tiqilvotgan busam, uziz bu haqda nima uylis?

  11. Yoqey by nima deganiz tiqilish emasu by bilmadim telfoni hamma had xil ishlatadi uni qanday ishlatish yaxshimi yoki yomonmi hammani oziga boglik yaxshilika ishlatadiganiyam bir yoki boshqa hamma ham bir emasu telefoni bersa kallasi bizilib kettadi deb ruxsat berishmaydi

  12. Uzingiz bunga qande qaris?

  13. Hamma narsani yaxshilikka deb qarayman albatta uni toʻgʻri ishlatishim mumkin

  14. Assalom alaykum uzur salom berish ham esdan chiqibdi Aziza qalaysiz

  15. Salom alaykum, yaxwimisz Gulli? Wuni ota-onangizga twuntirib kurganmsz?

  16. Telefonsizam yashab bo’ladimi?

  17. Assalom alaykum albatta boʻlishi mumkin

  18. Telefonsiz yashaydigaan insonlar ham kooop

  19. Aytganman nima qilasan telefon mega kerak keragi yoq telefon deyishgan

  20. Ha bitta odiy telfon ishlatgandim key in bitta yigit bilan gaplashib qoldim keyin olib qoyishgan va yana gaplashsang kim kelsa shunga berib yuboramiz deyishdi shundan beri telefon kerak EMA’s degan gap qonun bolgan Aziza shunday gaplar hosh siz nima qilardiz

  21. U Nolan ham ikki oygina gaplashganman va uydagilardan qorqanim sabab toxtatganman hosh sizni javobingizni kutaman

  22. Uzr bola bilan deganim ōzgarib ketibdi

  23. Salom alaykum Gulli, yaxwimisz? Nima deyiwga hayronman, mani ota onam ham bowida telefonga qarwidila, keyn hammasini gaplawdik, ula uzlarini qoidalarini qoyiwdi, wu qoidalaga qarab endi tutvomman. Siz ham keliwiwga harakat qiganmsz?

  24. Assalomu alaykum Aziza qalaysiz men yaxshi rahmat oʻziz yaxshimisiz Bizda bir gap qonun ikki qilish mumkinmas

  25. Twunarli, ke4irasz bu mavzu siz u4un ogir botgan busa

  26. Yoʻqey undayemas bemalol shunchaki bizda erkak kishi gapi muhimdir ota onam aytgan gapidan chiqolmayman bitta gap aytilsa faqat amal qilaman

  27. Kelajakda oilangizda ham wunday buliwini xohlisizmi? Erga tekgandan keyn

  28. Buni bilmadim hayotim davomida qanday boʻlishi olohdan yoki yaxshi yoki yomon buni vaqt koʻrsatadi biz bandamiz hammasi olohdan va insholoh hammasi yaxshilik bilan tugaydi avvalo biz olohdan soʻrashni bilishimiz kerak menimcha shunday boshqalar bilmadim

  29. Rahmat javobiz u4un smile

  30. ❤️❤️❤️

  31. Fazotv iwlawvottimi? Ke4adan beri jimjit

  32. Bilmadim biz jimiz shu uchun jimjitlik toʻgʻrimasmi xaxaxa

  33. rofl rofl rofl rofl turi etas

  34. Yopiliwmasa buldi! Zor sayt

  35. Insholoh hali unday boʻlmasa kerak yopishmasinde boʻlmasa zerikib qolamiza

  36. Wuni etiiin sad

  37. Ha shuda biz boʻlmasak albatta yopishadi bizku saytda yozishayotganlar boshqalar jimjit biz yozmasak toʻxtab qolganday hech kim yozmaydi hamma oʻzi bn ovora

  38. Hmm, odamla nimaga yoziwmidi, hayronman

  39. Ha shude nima qilishga hayronman

  40. Telegramdayam wu ahvol sad

  41. Ha balki lekin bilmasam tgdan foydalanmayman

  42. Man uwa guruhga kirdim, hi4kim yozmidi sad

  43. Ha bu yerda yozishaveramiz u yoʻqda hechkim yozmasa yozmasin

  44. ❤️❤️

  45. Rasuljon

    Rahmat.

  46. Dilshod

    Rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social