Hozircha bemor kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqarishni o‘rganib olgan.
Miyasiga Neuralink kompaniyasi chipi o‘rnatilgan birinchi bemor allaqachon tuzalib ketgan va endi kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqara oladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask xabar berdi.
«O‘zgarishlar yaxshi va bemor nojo‘ya ta’sirlarsiz tuzalib ketganga o‘xshaydi. Bemor shunchaki fikr kuchi bilan kursorni ekran bo‘ylab harakatlantirishi mumkin. Keyingi qadam — kursorni bosish», deb Mask so‘zlarini keltirdi The Independent.
Milliarder so‘zlariga ko‘ra, bemor kasallik tufayli oyoq-qo‘llarini qimirlata olmaydi, ammo Neuralink neyrochipi unga va boshqalarga ushbu kasallikdan tuzalish imkonini beradi. Kelajakda bu nafaqat elektronikani boshqarish, balki oyoq-qo‘llar harakatchanligini tiklash, depressiyaga qarshi kurashish, eshitish qobiliyatini tiklash va hatto miyani yanada samarali ishlashi imkonini beradi.
Neuralink loyihasi 2016 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2023 yilda kompaniyaning qiymati 5 milliard dollarga baholangan edi. Ayni vaqtda Mask kompaniyasi insonga chip o‘rnatishda ustuvorlikka da’vo qilmaydi: Synchron startapi 2022 yildayoq odamga miya-kompyuter interfeysini joylashtirgan. U elektron qurilmalarni fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi.
Узок умр курсин
Kelajak ham kelib qoldi
Ke4a bu narsa he4 qa4on bumidi digan narsalarimiz, bugun haqiqat bulib qoldi
Qoyil!
Mask geniy!
Yaxshi, barakalla
Yaxshi bo’libti
Odam tirik qolgani mo’jiza
Malades!
Zo’r
Yaxshi
Bo’ldi
Uje tvit yozdi va mario kart o’ynadi miyasi bilan
O’yinlar o’ynayapti bemalol, juda zo’r bo’libti