“Navoiy” EIIZ hududida “O`zbektelekom” AK va xindistonning “OliveTelecom” kompaniyasi bilan hamkorlikda smartfon, planshet kompyuter va internet pristavkalarni ishlab chiqarilishi kutulmoqda.
“O`zbektelekom” axborot-xizmatining xabar berishicha, birinchi bosqichda investitsion dasturda “OliveTelecom” qo`shma korxonasi tomonidan mobil va statsionar telefonlar, CDMA- 450 standartidagi modemlar va internet-pristavkalar ishlab chiqariladi.
Loyihani amalga oshirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ham ko`tarilmoqda, 25 ta yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini oshirish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda “O`zbektelekom” AK va Hindistonning “OliveTelecommunicationPvt. Ltd.” kompaniyasi birgalikda 97,3 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiya “OliveTelecom” QK ustav jamg`armasiga qo`yilgan.
“O`zbektelekom” AK va Hindistonning “OliveTelekommunicationPvt. Ltd.” hamkorligida ishlab chiqariladigan birinchi smart telefonlarni kutib qolamiz!
naxotki bizga xam etib keldi!!!
мана энди узбекистонда хам айфонлар чикишни бошлайдилар
hardoimgidey boshlanishi jaa zo’r bo’ladi, keyin o’girli boshlanadi. Bechora hindular! Qachon qo’limga shu planshet tushganida o’shanda fikrimni o’zgartiraman.
Oooo! Zo’rku. Davay davay, boshlela. Ishqilib arzon bo’sa bo’ldi. Studentlarga kredit ochishsa juda yahshi bo’ladi. Studentlarga voobshem kerey narsalar
Бу зурку, бундан хурсанд булишимиз керак. Бизнинг юртимизда хам бундай техникалар ишлаб чикила бошласа, демак бу бошкада электрон ракамли техникалар ишлаб чикаришга бир кадам вазифасини утаб беради
ха бу тугри