Samsungning keyingi smartfonlari 64 razryadli protsessorlar bilan ta`minlanadi. Bu haqda Samsung’ning mobil qurilmalar bo`linmasi rahbari Jey Key Shin hamkorlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ma`lum qildi. Yangi chipli Samsung qurilmalari aynan qachon chiqishi nomalum. Biroq, Shinning ta`kidlashicha, bu «yaqin orada» sodir bo`lmaydi. Top-menejer qurilmalarning boshqa tafsilotlarini ma`lum qilgani yo`q.
O`sha uchrashuvda Shin, shuningdek, Samsung Xitoy va Yaponiya bozorlarini Apple’ga boy bermaslik uchun, u erda faollikni oshirish kerakligini ta`kidlagan. 2013 yilda Xitoy tarixda ilk bor yangi iPhone’ni birinchilardan bo`lib qo`lga kiritadigan davlatlar ro`yxatiga kirdi. Strategy Analytics ma`lumotlariga ko`ra, Samsung hozircha Xitoy bozorida Apple’ni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. Koreya kompaniyasining ikkinchi chorakda Xitoyga qurilma etkazib berish bo`yicha ulushi 19,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, Amerika kompaniyasining ko`rsatkichi 4,3 foizni tashkil etgan.
Apple 10 sentyabr` kuni ikkita yangi smartfon taqdimotini o`tkazdi. Taqdimot chog`ida ikki yangi smartfon – iPhone 5S va iPhone 5C’ni namoyish etdi. iPhone 5C besh xil – yashil, sariq, ko`k, pushti va oq rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Qurilma korpusi plastikdan tayyorlangan. Qayd etish joiz, iPhone’ning bundan avvalgi barcha smartfonlari faqat oq va qora ranglarda ishlab chiqarilar edi.
iPhone 5C esa shisha va alyuminiydan tayyorlangan. U qora, kumushrang va oltinrang korpuslarda foydalanuvchilarga etkazib beriladi. Smartfonning o`ziga xosliklari – barmoq izini ola biladigan Touch ID skaner (u Home tugmasiga o`rnatilgan), 64 razryadli Apple A7 protsessori, seriyalab fotosurat oladi va sekundiga 120 kadr tezlikda ajrata oladi. iPhone 5S’ning batareyasi quvvati 3G tarmoqlaridagi 10 soatlik suhbatga, 40 soat musiqa eshitishga, LTE tarmoqlarida 10 soat internetda ishlashga yoki 250 soat kutish rejimida turishga etadi.
AQShda iPhone 5C, operator shartnomasi bilan birga, 99 dollardan (16 gigabaytli model) 199 dollargacha (32 gigabaytli model) sotiladi. iPhone 5S’ni esa shartnomasi bilan birga 199-399 dollarga baholangan. Apple vakillarining alohida ta`kidlashlaricha, qurilmalardan biri – iPhone 5S 64 razryadli protsessor bilan ta`minlangan jahondagi dastlabki smartfon hisoblanadi.
yahshi raqobat
Samsung qachon chiqararkan endi?
xa Samsung uzini yuqotib kuymadi!!! Aple gigantiga qarshi chiqyapti!
!