Samsung Electronics kompaniyasi ikkita yangi flagman smartfoni – Galaxy Note 10 va Galaxy Note 10+ taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot 7 avgustda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan, uni videoyozuvi Samsung’ning YouTube-kanalida e’lon qilingan.
Galaxy Note 10 smartfoni diagonali 6,3 dyuymli va ko‘rsatish qobiliyati 2280 nuqtaga 1080 nuqtali, 10+ esa 6,8 dyuymli va ko‘rsatish qobiliyati 3040 nuqtaga 1440 nuqtali ekran olgan.
Ikkala model ham 4 ta modulli asosiy kamera va old kamera bilan jihozlangan, biroq Galaxy Note 10+’da qo‘shimcha 3D-kamera ham bo‘ladi.
Note+’ning tezkor xotirasi 12 Gbni, Note 10’niki esa 8 Gbni tashkil qiladi. Shuningdek, ikkala qurilma ham 256 Gb ichki xotira bilan ta’minlanadi.
Yangi qurilmalarda ko‘p funksiyalikka va xavfsizlikka urg‘u berilgan. Ikkala model ham 4G/LTE va 5G tarmoqlarida ishlay oladi.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, qurilmalar o‘ta tezkor rejimda quvvatlanadi va ularning to‘liq quvvatlanishi uchun yarim soatgina talab etiladi. Shuningdek, qurilmalarning akkumulyatorlari sig‘imi Note 10 uchun 3500, Note 10+ uchun esa 4300 mA-soatni tashkil qiladi.
Smartfonlar 23 avgustdan 949 va 1099 dollardan sotuvga chiqariladi.