Smartfonlarni simsiz quvvat bilan ta`minlash

Smartfonlarni simsiz quvvat bilan ta`minlash

Intel kompaniyasi Integrated Device Technology (IDT) kompaniya bilan birgalikda uyali moslamalarning “havo” orqali quvvat olish imkonini beradigan chipset yaratish ustida ish olib borishmoqda. Bu yangi chipset ul`trabuklar, monoblok-kompyuterlar, smartfonlar va avtonom quvvat manbalar uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bu yangi chipsetni ishlab chiqarish 2013 yilning boshiga mo`ljallangan.

Simsiz quvvat olish – hozirgi axborot texnologiya olamida yangilik emas. 2009 yilning o`rtalarida Palm Pre va Touchstone simsiz quvvat oladigan moslama taqdim etgan edi, 2011 yilda esa simsiz quvvat oladigan moslamalarni LG, Powermat va Duracell lar taqdim etdilar.

Lekin Intel kompaniyasi taklif etmoqchi bo`lgan moslamasi boshqa kompaniyalar taqdim etgan moslamalaridan ancha farq etadi. Ko`pincha zamonaviy tizimlarda akkumulyatorni zaryadi elektromagnit induktsiyasi asosida ishlaydi, qachonki moslama va quvvat beruvchi uskuna bilan ulanganda. Intel kompaniyasi yaratmoqchi bo`lgan chipset boshqa usulda, ya`ni rezonans induktiv aloqa asosida ishlashi kutilmoqda (ikkita g`altaklar bitta rezonans to`lqinga moslashganda).

Ushbu usul bitta moslamani boshqa moslamani nafaqat simsiz quvvat bilan ta`minlash imkoniyat beradi, balki ular bir biridan masofada qolishlari ham mumkin. Intel ushbu texnologiyani printerlarga, simsiz klaviatura, sichqonchalar, kameralar va hamda smartfonlar uchun chexollarga o`rnatish ustidan  ish olib bormoqdalar.

“Xavo”orqali quvvat olish bilan boshqa katta kompaniyalar ham qizziqishmoqdalar. Bu yil may oyida Samsung, Qualcomm va boshqa beshta kompaniyalar simsiz quvvat bilan ta`minlash texnologiyasi bilan ishlaydigan Alliance for Wireless Power (A4WP) tashkilot tuzish xaqida xabar berishdi. Tashkilotning maqsadlaridan biri – bir vaqtda bir nechta moslamalarni quvvat bilan ta`minlaydigan tizim yaratish.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    cool

  2. Умид

    лекин гап ё,зор уйлаб топишди. кани энди ноутбуклар симсиз булганида!!!

  3. buni zarari yo’mikin?

  4. Хабибулло

    Симсиз қувват олгани яхши лекин бизни телфонлар хам бу мосламага ишлармикан шу хақида маьлумот беришча яхши бўларди

  5. Хабибулло

    Симсиз қувват олгани яхши лекин бизни телфонлар хам бу мосламага ишлармикан шу хақида маьлумот беришса яхши бўларди

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social