Sony elektron siyohli (E-Ink) soat ishlab chiqaradi (+video)

Sony elektron siyohli (E-Ink) soat ishlab chiqaradi (+video)

Sony kompaniyasi FES Watch nomli “aqlli” soat ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Mazkur soatning qoplamasi va ichki qismi butunlay elektron siyohdan qilingan bo`ladi (Electronic Ink texnologiyasi).

Ma`lumotlarga qaraganda, soatning tsiferblati “patent qilingan materialdan” qilingan bo`ladi va ushbu material elektron siyoh asosida displeyga ega bo`ladi.

FES Watch avtonom tartibda zaryadni ikki oy mobaynida saqlashi mumkin va bu esa olib yuradigan elektronika orasida rekord natija bo`lishi mumkin.

Aslida, ushbu soatni “aqlli” deb aytish ham qiyin, chunki u Samsung Gear yoki Moto 360 ega bo`lgan funktsiyalarga ega bo`lmaydi. Biroq uning katta farqi asosan tashqi ko`rinishi, tasma dizayi va tsiferblat bilan birga o`zgarishidir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social