Moment deb nom olgan yangi mobil ilova foydalanuvchilarning o`z smartfonlaridan qancha vaqt o`tkazishlarini avtomat tarzda hisoblab boradi. Ilovaning sozlash bo`limidan har bir foydalanuvchi o`ziga mos har kunlik limit belgilab qo`yishi mumkin. Qachonki smartfonda o`tkazilayotgan vaqt belgilangan limitga yaqinlashsa yoki limit tugasa, ilova foydalanuvchi smartfoni ekranida tegishli xabar chiqaradi.
Bundan tashqari Moment ilovasi ogohlantiruvchi xabarlarni kun davomiyligi bo`yicha ham sozlash imkonini beradi, masalan “hozir soat 11:00, ammo siz kun yarimigacha ishlatishingiz mumkin bo`lgan limitni ishlatib bo`lgansiz”. Moment ilovasining asosiy o`ziga xos xususiyati shundaki, u ko`rinmasdan (fonoviy) rejimda ishlaydi va vaqti-vaqtida xabarlarni jo`natib turadi.
Ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarni o`z smartfonlaridan voz kechishlarini maqsad qilishmagan, balki ular smartfonlari bilan o`tkazadigan vaqtlarini to`g`ri taqsimlab, asosiy e`tiborini smartfon ekranidan tashqarida bo`layotgan yorqin hayotiy vaziyatlarga qaratishlariga yordam berishmoqchi bo`lishgan.
Ilovada yana bir qulay funktsiya mavjud, u ham bo`lsa smartfon foydalanuvchisining kun maboynidagi harakatini avtomatik tarzda kuzatib boradi. Bu funktsiya smartfon akkumulyatorining zaryadi 15% dan kam bo`lgan holatida avtomatik tarzda kuzatishni to`xtatadi. Funktsiyani boshqatdan ishga tushirish uchun shunchaki ilovani boshqatdan yuklansa bas.
Hozirda Moment ilova xizmatidan faqat iOS foydalanuvchilari foydalana olishadi, ammo yaqin orada Android platformasida ishlaydigan versiyasisi ham ishga tushishi kutilmoqda.