Telegram ishga tushirilganiga o‘n yil to‘lgani munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi stories qo‘yish funksiyasi asta-sekin barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
“Bugun stories funksiyasinining qadamba-qadam barcha foydalanuvchilarga ochilishi Telegram tarixida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. O‘tgan o‘n yillik hayajonli bo‘ldi, keyingi 10 yil esa Telegram o‘zining haqiqiy imkoniyatlarini ochib beradigan davr bo‘ladi”, — deb yozdi Durov.
Stories funksiyasini Durov iyun oxirida e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab kompaniya bunday funksiyani qo‘shishni istamagan, biroq foydalanuvchilar buni talab qilgan.
Iyul oyida Stories funksiyasi faqat premium obunachilari uchun ochiq bo‘ldi.
Telegram’da stories funksiyasining xususiyatlari
Instagram’dan farqli ravishda stories turadigan vaqtni o‘zingiz tanlashingiz mumkin: olti soatdan 48 soatgacha. Telegram’ga Stories joylagandan so‘ng ham uni tahrirlash imkoni bor, ya’ni videolarni kesish, qo‘shimcha matn kiritish mumkin. Stories’ga 60 soniyagacha uzunlikdagi videolarni qo‘yish mumkin.
Shuningdek, siz joylagan Stories’ni kimlar ko‘rishini ham tanlay olasiz. Boshqa foydalanuvchilar sizning profilingizdagi Stories’ni saqlab olishi, skrinshot qilishi yoki ulashishi mumkin. Ammo buni cheklash tugmasi ham bor.
Ура
Нихоят
Quyomadim
Халли обновления чиккани йук
Менда халихам чикмади
O’zbekistonda ishlamadi hali ham
Eh…
Qachondir bizagayam yetib kelar
Haliyam yuuuu
Qachon bizda ham qo’ysa bo’ladi?
Zorku
Yolg’on