WhatsApp ishlab chiquvchilari, tasvirni qidirish funksiyasini sinab ko’rishmoqda. Mazkur yangi funksiya soxta yangiliklar tarqalishini oldini olishi mumkin. Agar sizga qandaydir fotosurat olsangiz, siz uni Google ma’lumotlar bazasida uning haqiqiyligini tekshirishingiz mumkin.
“Search image” tugmasi (“Surat qidirish”) Android (2.19.73) dasturining beta versiyasida paydo bo’ldi. Unga bosganingizda, tasvir Google-ga yuklanadi. “WABetaInfo” ma’lumotlariga ko’ra, messenjer huddi shunday rasmni topish va u haqiqiy yoki yo’qligini aniqlash uchun qidiruv tizimining rasmiy API-dan foydalanadi. Natijalar brauzerda ko’rsatiladi.
WhatsApp (Facebookga tegishli) uzoq vaqtdan beri mish-mishlar tarqalishi, soxta axborot va boshqa noto’g’ri ma’lumotlarning tarqalishi bilan kurashib keladi. Yanvar oyida, masalan, foydalanuvchilarga bir xil xabarni bir necha marta jo’natish taqiqlangan: bir xil matn beshdan ortiq bo’lmagan kontaktga yuborilishi mumkin.
O’tgan yili, soxta xabar va spam tarqatilishini to’xtatish uchun, WhatsApp zanjir orqali (bir kishidan ikkinchisiga) yuborilgan kiruvchi xabarlar taqsimlanishini chekladgan edi. Messenjer bu “baxt maktubi” qabul qiluvchiga ko’p marta yuborganligi haqida ogohlantiradi. Xabarnoma qabul qiluvchiga va yuboruvchiga ko’rsatiladi.
Men haqimda kimdur yolgʻon soʻzlar yozib whatsapp ga oʻrnatibdi u maʼlumotni qanday topish mumkin