Windows 10 da kutilayotgan yangiliklar bilan tanishing

Windows 10 da kutilayotgan yangiliklar bilan tanishing

Microsoft kompaniyasi Windows 10 da kutilyotgan yangiliklarni e`lon qildi.

«Windows – bu oddiy operatsion tizim emas, balki bu xizmatdir». Masalan, siz bir zumda komp`yuter rejimidan planshet rejimiga o`tishingiz mumkin.

Windows 7, Windows 8.1 va Windows Phone 8.1 foydalanuvchilar uchun yangi operatsion tizimga o`tish bir yil mobaynida bepul bo`ladi.

Dasturlar. Microsoft ning standart ilovalarida ham o`zgarishlar sodir bo`ladi. Skype ilovasi Windows Phone bilan birlashishga ega bo`ladi. Microsoft Office dasturining yangilangan versiyasi ham mavjud.

Brauzerlar va Cortana. Kompaniya Internet Explorer dan voz kechmadi va Windows 10 da ham o`rnatilgan bo`ladi. Microsoft ning yangi brauzer haqida, ilgari nashrlar xabar berganidek Spartan nomiga ega bo`ladi. Spartan da shaxsiy ovozli yordamchi Cortana o`rnatiladi.

Microsoft Surface Hub. Surface Hub – bu interaktiv 84 dyuymli displey hisoblanib, asosan ofislarda ishlash uchun mo`ljallangan. Mazkur displey yordamida taqdimotlar uchun eslatmalar qilish mumkin. Hamda shu moslamaga videokonferentsiyalarni o`tkazish uchun Skype for Business (Lync) o`rnatilgan.

Windows Holographic. Shuningdek, Microsoft qo`shimcha reallik ko`zoynagi Microsoft HoloLens haqida ham ta`kidlab o`tdi. HoloLens foydalanuvchisi «gologramma»larni, real dunyoning qo`shimcha jihozlarini, bir necha dasturlarning (masalan, Skype) “proektsiyasi” ya`ni devolda aks ettirilganin ko`rishi mumkin.

Aytib o`tish joizki, HoloLens mustaqil moslama hisoblanada va u bilan ishlash uchun komp`yuter yoki smartfon ham kerak emas. Mazkur moslama yordamida foydalanuvchi «gologrammalar» bilan ishlashi va buyumlarning shaklini o`zgartirishi mumkin. Quyidagi video orqali siz ushbu moslamaning qanday hunarlarga ega ekanini tomosha qilishingiz mumkin:

*Manba

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Chindan ajoyib!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social