Xiaomi deyarli barcha qismi ekrandan iborat qariyb 3000 dollarlik smartfonni namoyish qildi

Xiaomi deyarli barcha qismi ekrandan iborat qariyb 3000 dollarlik smartfonni namoyish qildi

Qurilma 5G modemli Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori, 12 Gb tezkor xotira, 512 Gb ichki xotira (UFS 3.0) va 4050 mA / soat batareya bilan jihozlangan

Xitoy ishlab chiqaruvchisi g’ayrioddiy dizaynga ega konseptual qurilmani namoyish etdi.

Yangilik Mi Mix Alpha deb nomlanib, butun qurilma yuzasining 180,6%ini egallaydigan displey bilan jihozlangan. Smartfon romlari titandan ishlangan. Qurilmada boshqarish tugmalari yo‘q, ularning vazifasini yon tomonlardagi maxsus panellar bajaradi.

Qurilmada shuningdek, old kamera vazifasini bajaradigan uchtalik kamera, ekran osti dinamigi, hamda skaner o‘rnatilgan. Asosiy modul — 108 Mp. U 20 Mp keng burchakli optika va 12 Mp teleobyektiv bilan to‘ldiriladi. Barcha modullar sapfir shishasi bilan qoplangan.

Bunday smartfon uchun Xiaomi muhandislari maxsus interfeysni ishlab chiqdilar. Mi Mix Alpha’ning yon tomonlarida bildirishnomalar, batareya, tarmoq va boshqa ma’lumotlar, orqa tarafida esa foydali kartochkalar ko‘rsatiladi. Masalan, taqvim, ob-havo, xaritalar va boshqalar. Ekranning bu tomoni avtomatik ravishda yonadi.

Qurilma 5G modemli Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori, 12 Gb tezkor xotira, 512 Gb ichki xotira (UFS 3.0) va 40 vatt tezda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 4050 mA / soat batareya bilan jihozlangan.

Xiaomi Mi Mix Alpha’ning cheklangan partiyasini yil oxiriga qadar chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangilik mijozlarga 2814 $ga tushadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social