Germaniyalik oila uyida 444 dona archa bezatdi va jahon rekordini o‘rnatdi

Germaniyalik oila uyida 444 dona archa bezatdi va jahon rekordini o‘rnatdi

Yangi yil bayramidagi bezaklar juda haddan oshgandek tuyilsa, germaniyalik Yerominlar oilasi bunga har yili alohida yondashadi. Tomas va Syuzanna uyda eng ko‘p sonli archalar va bezaklarni o‘rnatib, jahon rekordini o‘rnatdi.

Nemis oilasi o‘z uyiga 444 ta bayram archasini joylashtirib, ularni 10 ming dona o‘yinchoq bilan bezatdi. Butun uyni yoritish uchun ularga 300 dona archa chiroqlari kerak bo‘ldi. Shunisi e’tiborliki, har bir archa boshqa ranglarda bezatilgan. Uyning bezaklari chindan ham boshni aylantirishi shubhasiz.

Yerominlar oilasiga Germaniya rekordlar instituti tomonidan mukofot topshirildi. Aytgancha, ular o‘zlarining rekordlarini yangiladi, bir necha yillardan beri Yerominlar oilasi o‘z uyida ko‘plab Yangi yil archalarini bezatib kelmoqda.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jsr

    barakalla, molodec!

  2. Marcus

    good good good

  3. Aziza

    rofl laugh smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social