Mazkur dam olish kunlari Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambani o‘g‘li uchun to‘ydan oldingi tadbirlarni uyushtirmoqda. 28 yoshli Anant Ambani boshqa bir hind milliarderi Viren Merchantning 29 yoshli qizi Radika Merchantga uylanmoqda.
Asosiy to‘y marosimi iyulga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, to‘ydan oldingi uch kunlik bazm 1-mart kuni boshlandi. Tadbir Jamnagar shahridagi oilaviy mulkda o‘tkazildi. Kechaning asosiy mehmoni Rianna bo‘ldi, mish-mishlarga ko‘ra xonanda 7 million AQSH dollari evaziga tashrif buyurgan.
Mehmonlar ro‘yxatida 1,200 kishi — ular orasida Bill Geyts, Mark Sukerberg va rafiqasi Pristsilla, Kanada sobiq bosh vaziri Stefan Harper, Avstraliya sobiq bosh vaziri Kevin Rudd, Disney bosh direktori Bob Iger va Ivanka Tramp ham bor.
Daily Mail manbalarining xabar berishicha, to‘yoldi tadbiriga 53 million AQSH dollari sarflangan. Mish-mishlarga ko‘ra, Hindistonning besh yulduzli mehmonxona guruhlaridan biri bilan tuzilgan keytering xizmati (umumiy ovqatlanish)ning o‘ziga taxminan 25 million AQSH dollari to‘langan.
Rianna bilan bir qatorda, tadbirga amerikalik illyuzionist Devid Bleyn ham chiqish qiladi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonlarga oldindan to‘qqiz sahifalik dress-kod qoidalari jo‘natilgan, unda har kungi tadbirga qanday kiyinib kelish kerakligi tushuntirilgan.
Juma kungi tadbir “Everland kechasi” deb nomlanib, hashamatli kokteyl bazmi kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Shanba kuni “Changalzor vasvasasi” uslubidagi eng chiroyli liboslar kiygan kecha ishtirokchilari Yovvoyi tabiatni qutqarish markazi — Reliance’ga “yovvoyi tabiat bo‘ylab sayr”ga yo‘l olgan. Ushbu markaz Anant Ambanining loyihasi hisoblanadi.
Shuningdek, o‘sha kuni kechqurun gala-konsert bo‘lib o‘tgan, unda 65 nafar oshpazlar jamoasi tomonidan tayyorlangan 2 500 xil taom dastuxonga tortilgan. Mehmonlar sochlarini turmaklashi, makiyaj qilishi va sari kiydirish xizmatlaridan foydalanishi uchun Nyu-Dehli va Mumbayga bepul charter reyslar tashkil qilingan.
Oxirgi kun — yana bir go‘zallik namoyishi va Anantning hayvonlarga bo‘lgan muhabbatini namoyish etadigan tadbir bo‘ladi. Shu kuni mehmonlar 200 ta fil, 300 ta yirik mushuk va 120 ta sudralib yuruvchi jonivorlar bilan tanishadilar.
The Times of India ma’lumotlariga ko‘ra, Gujaratning Jamnagar tumanida to‘y marosimi uchun maxsus 14 ta ibodatxona qurilmoqda.
Shuningdek, Ambani oilasi mahalliy aholiga dasturxon yozib, ulardan to‘y oldi tantanalariga duo olish uchun “Anna seva” marosimini o‘tkazdi. Taom taxminan 51,000 mahalliy aholiga tarqatildi va bu marosim bir necha kun davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Mukesh Ambani 111 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi sof kapitali bilan Osiyodagi eng boy odam va dunyodagi eng badavlat kishilar ro‘yxatida 11-o‘rinda turadi. 66 yoshli magnat otasi Dhirubhay Ambani asos solgan Reliance konsernini boshqaradi. Uning biznesi neftni qayta ishlash, chakana savdo, telekommunikatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va raqamli platforma xizmatlarini taqdim etishni o‘z ichiga oladi.
Uning o‘g‘li Anant Ambani — Reliance kompaniyasi bo‘limlaridan birining direktori. O‘tgan yilning yanvar oyida u otasiga qarashli Encore farmatsevtika kompaniyasining direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan Radika Merchantning qo‘lini so‘ragandi.
To’ylar muborak!
Столько денег….
Шунча пул…
Rianna hali ham ashulalar aytyaptimi?
Boylar jinni bo’lishyapti
zo’r o’tgandir
Riannaga etsin, yengi albom chiqazsin
Shunchaki kulib qoʻydim….
7 mln dollar
Eyfel minorasiga o’xshirkan
Chiroyli to’y bo’ldi
Bechora qiz
Bu erning dadasimi?
erni o’ziku
Baxtli bo’lishsin