AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berib yubordi

AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berib yubordi

ASHning Luiziana shtatida Kelvin Elvis ismli bola millionerni boshpanasiz muhtoj inson deb o‘ylab, unga bor pulini berib yubordi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Voqea mart oyida sodir bo‘lgan. 42 yoshli sport tovarlar do‘koni egasi va teleko‘rsatuvlar yulduzi Mettyu Basbis ertalab qahva ichish va tinch va gavjum bo‘lmagan joyda ibodat qilish uchun kafega kelgan edi.

Kafega kiraverish qismidagi terassada hech kim yo‘q edi, shuning uchun Mettyu burchakda turib, kepkasini yechdi va ko‘zlarini yumib, ichida ibodat qila boshladi. Kafe oldidan o‘tib ketayotgan yosh Kelvin uni kambag‘al va uysiz odam deb o‘yladi. So‘ng oldiga kelib, qo‘lidagi bir dollarni uzatdi:

“Kechirasiz, janob, siz uysiz qoldingizmi? Agar shunday bo‘lsa, mana, bu pul sizga. Oling!” — dedi bolakay.

9 yoshli Kelvin har doim muhtoj insonlarga yordam berishni istashi, ammo doim ham buning imkoni bo‘lmasligini aytib berdi. U bu yerga kelishdan avval ota-onasidan yaxshi baholari uchun bir dollar olgan edi.

Begona insonga nisbatan bunday saxiylik va mehribonlikka javoban Metyu Kelvinni nonushta bilan siylashga va uning otasiga kofe sotib olishga qaror qildi. Keyinroq bolani o‘zining sport mollari do‘koniga taklif qildi va Kelvinga istagan narsasini olish uchun 40 soniya vaqt berdi. Shunday qilib Kelvin yangi velosipedli bo‘ldi.

“Bu voqeadan so‘ng hayotda haqiqiy insoniylik tuyg‘usini yo‘qotmaganlar ham borligiga amin bo‘ldim”, — deydi Mettyu Basbis.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Дунеда яхшилик ва севги купайса, албатта дуне албатта узгаради

  2. Ajoyib hikoya, natijasi undan ham ajoyib victory

  3. Hammamiz shunday yaxshi odam bo’laylik heart

  4. Ota onasiga katta rahmat aytish kerak, shunday yaxshi insonni katta qilishayotganligi uchun

  5. Lazizaxon

    Ota onasiga rahmat.

  6. Madaminov

    Shuning uchun ham samimiy bo’lish kerak va yaxshilik qilishni unutmaslik kerak.

  7. Barakalla! Millioner ham yaxshi ish qilibti javoban good

  8. Malades bolakay!

  9. Albinaxon

    Shunday narsalarni o’qib har doim yig’layman

  10. Malades bolakay!!!

  11. Qobiljon

    Yaxshi odam ekan

  12. Hero good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social