Har yili 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo`lgan chuqur xurmat va e`tiroz saqlanib qolgan. Ustoz deganda, har kaysi inson kunglida chukur xurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg`ulari, shu bilan birga, xech kanday boylik bilan o`lchab, ado qilib bo`lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo`ladi.
Inson yashar ekan, eng avvalo, unga bilim va ma`rifat dunyosi sari yo`l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo`lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko`nglida hamisha minnatdorchilik tuyg`usi bilan yashaydi. Maktab ostonasiga ilk qadam qo`yganimizda qo`limizga qalam tutqazib, alifboni o`rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, ustozimizning fidokorona mehnatini doimo chuqur entikish bilan eslaymiz va qalbimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz. Ko`z nuri va qalb qo`rini ustozdek mashaqqatli va fidokorona kasbga bag`ishlagan azizlarimizni samimiy qutlab, minnatdorchilik bildirish biz shogirdlar uchun ham qarz, ham farzdir!
Aziz xalkimizning bir naqlida: «Sen odamlarga bir yil yaxshilik kilmokchi bulsang, bug`doy ek, un yil yaxshilik qilmokchi bo`lsang, ta`lim – tarbiya ber» – deyilgan. Olamning gultojisi inson bo`lsa ular orasida suyuklisi ustoz – muallimdir. Ustozlar xaqida so`z ketganda beixtiyor beg`ubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to`la bolalik yillarimiz, ilk bora qo`limizga qalam tutqazgan birinchi o`qituvchimiz kuz oldimizda gavdalanadi. Bizlarning har bir savolimizga chuqur e`tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo`limizni ko`ksimizga qo`yib tashakkur aytamiz.
Aziz ustozlar, mo“tabar murabbiylar!!! Barchangizni qutlug` ayyom – O`qituvchi va Murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Farzand va shogirdlaringiz baxti va kamolini ko`rish doimo sizlarga nasib etsin. Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolamiz.
Ustozlarimiz doim sog’ bo’lishsin!!!
bugun utirib sinfdoshlarim bilan birinchi ustozlarimizni esladik, yaxshi vaqt bo’lgan ekan ))) bechora ustozlarimiz, endi ularni tushundik deb aytsak xam buladi!