Tamaki va tamaki maxsulotlari hech qachon insonga foyda keltirmagan bo`lsada bu axmoq inson o`z o`zini o`ldirishning juda sekin ammo juda zararli tomonini o`ylab topganini ba`zan anglaydi ba`zan esa yo`q. Biz haozirgi gapimizda juda sekin degan jumlani ishlatdik. Bu juda to`g`ri. Tamaki chekadigan insonning ichiga kichkina mikro kamera qo`yishning imkoni bo`lganida inson ichki organlarining nechtasi va qancha foizi zararlanganini ko`rishimizning iloji bo`lgan bo`lardi.
Chekadigan kishilar televidenie, radio va matbuotlarda ham chekishning zarari haqida juda ko`p ma`lumotlarga ega bo`lishgan. Qaerda shunday mavzu boshlansa, o`zlarini noqulay his qilishadi. Ba`zilarning ensasi qotishi ham mumkin. Hamma narsa qiziqishdan boshlanishini hamma biladi. Hozirgi kunda bir kunda bir pachka yoki undan ko`proq chekadigan insonlar ham qiziqishdan boshlangan. Ichlarida o`sha kunni la`natlab o`tirgan bo`lishlari ham mumkin.
Chekadigan kishining birinchi o`rinda o`pkasi ishdan chiqadi. Hayoti davomida sigareta chekadigan kishi umrining 25 yilga qisqartirishi mumkin ekan. Chekuvchi kishi organizmidagi vitaminlar ham parchalanib ketadi. Bunday kishilarning immuniteti boshqalarnikidan pastroq bo`ladi. Tabiiyki kasallikka ham oson chalinadigan bo`ladilar. Chekuvchi kishi organizmida S vitamini boshqalarnikidan ikki barobar kamroq bo`ladi. Bunday kishilar organizmdagi kunlik miqdorni g`amlash uchun har kuni ko`proq S vitaminli maxsulotlardan iste`mol qilishlari kerak. Sut maxsulotlari ham kashandaning organizmini tozalashga yordam beradi. Bunday kishilar iloji boricha har kuni sut yoki qatiq ichib turishlari kerak. Chekuvchining yuragi chekmaydigan oddiy odamning yuragidan tezroq uradi. Tezda charchab qoladilar. Bunday kishilar jismoniy mehnat chog`ida hansirab qoladilar.
Chekuvchi kishi nafaqat o`zini balki oila a`zolarini ham tamaki tutuni bilan zararlantirishi mumkin. Oila davrasida chekmagan taqdirda ham, farzandlari otadan o`rnak olmaydi deb kim kafolat bera oladi. Oilaning boshlig`i chekib turgach, yosh bola yoki o`smir sigaretaning mazasini tatib ko`rmasligiga ishona olasizmi? Bunday ota sigareta chekishni bolalariga taqiqlay olmaydi. U bolalariga o`rnak bo`lolmaydi. Agar kelajakda bolalarining sog`lom bo`lib, uzoq umr ko`rishini istagan har qanday kashanda ota, avvalo bolalariga o`zi o`rnak bo`lishi kerakligi haqida o`ylab ko`rishi kerak. Kishi qancha ko`p chekkani sari uning organizmi nikotinga o`rganib qoladi. Chekmagan paytida esa organizm nikotinni talab qila boshlaydi. Sigareta chekkisi kelgan ammo topolmayotgan kishining miyasiga hech nima kirmaydi. Xuddi bir narsasini yo`qotib qo`ygan odamday jonsarak bo`lib qoladi. Ammo qiyin bo`lsa ham bu odatni tashlashning iloji bor. Buning uchun esa mustahkam iroda bo`lishi kerak. Agar tashlashga astoydil kirishilsa, buning uddasidan chiqish mumkin. Bordiyu bu haqda fikrlaringiz bo`lsa, marhamat bildiring?
menda savol bor xammaga: nimaga sigaret pachkalarda yozadi Chekish sog’lingizga zarar qiladi! va hoqazo … lekin baribir shu sigaretlarni sotishadi? shu yozuvni nima foydasi bor?
огохлантириб куяверади, унга хеч ким эътибор бермайди. узини ва бошкаларни хурмат киладиган киши чекмайди, бу аник
_5555_ nima endi chekadigan odam uzini xurmat qilmaydi deb aytmoqchimisiz?
lichno ya protiv kyreniya! ya srazy prekrashayu obshatsya s ludmi, esli kto pri mne nachnet kyrit. esli oni ne dymaut o svoem zdorove, to pyst podymaut o drygix!
Да. Чакадиган одам ўзини хурмат қимиди. Ўзини хурмат қиган одам ичига захарри жўнатмиди. Бу биринчи томони. Иккинчи томони эса, бундай одамда ирода ҳам йўқ. Иродаси бўлганида аллақачон ташалаган бўларди.
энди уйлиман утириб одамларни айблаш керак эмас,уларга ёрдам бериш керак.
сигарета чекиб, бироз асаблани тинчлантириб олай дейишадию, лекин бу вактинчалик нарса. ёки жахл чикканида шундай килишади. билмадим, буни кандай фойдаси бор?
бунинг хеч фойдаси ёк, бу шунчаки самовнушение,чекиш менга ёрдам беради деб!
Менда савол бор. Чекишни ташлаш пайтида инсон узини галати хис килади. Кузига сигаретдан бошка нарса куринмай колади. Агар шунда хам сабир килиб чекмаса бу холат канчагача давом этади?
Bola hamma sigaret chekedigon bola yomon bola degani mas ku toģrimi bollarrrr
#rek
Yomon albatta
Qizlar manam segaret chakib kormoqchiman bolar segaret cheksa yomon qizlar segaret cheksa yaxshi boladi aniq kafolat bilan aytaman
Besh tawen guli