Dunyo aholisi rasman 8 milliard kishiga etdi. Bunday ma’lumotlar 14 avgust kuni sayyora aholisining virtual hisoblagichini o’z ichiga olgan Countrymetrics.info portalida qayd etilgan.
Shu bilan birga, erkaklar soni 4 milliarddan sal ko’proq, ayollar soni esa 3,9 milliardni tashkil etadi.
Shuningdek, sayyora aholisi uchun o’limning uchta eng keng tarqalgan sababini ma’lum qilindi. Birinchi o’rinda yurak-qon tomir kasalliklari – 2022 yilda 5,9 million holat, insult – 4,2 million va pastki nafas yo’llarining o’tkir infeksiyalari – 2,1 million.
Avvalroq BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti Yer yuzidagi odamlar sonining o’sishi bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etgan edi, unga ko’ra, 2022 yil 15 noyabrda dunyo aholisi 8 milliardga yetishi kerak edi, 2080 yillarga borib esa 10,4 milliardga yetishi kutilmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Keyinchalik, Avstriyaning demografiya va global inson kapitali markaziqilgan bashorat ko’ra, Yer aholisi 10 milliard kishidan oshib ketmasligi mumkin. Markaz ekspertlarining fikricha, pasayish 2070 yilga kelib 9,6 milliardga yetganidan keyin boshlanadi.
Avstriya demografiya markazi direktori fikriga ko’ra, Afrika va Osiyoda aholi o’sish sur’atlari avvalgisidan past bo’ladi. Shuningdek, Xitoyda aholi sonining o’sishi sezilarli darajada pasayishini kutayotganini ta’kidladi.
8 mlrd???? namun4aaaaa
вилоялада тугиб ётишибди чарчамасдан
kupayib borvommiz….
yerga yaqinda sigmimiz
oxo
Ha juda kup ekan
4-10 bolalilaga etila, kamro tugsin
Dunyoda wun4a odam bor, har xil fikrlar, dunyoqarawlar, hammiz har xil busak ham, Xudo oldida hammamiz bir xilmiz. U bar4amizni sevadi
Bota butun dunyo deya. 8mlrd narmalni bundan ham kòp bolishimiz mumkun alloh kuniga 200tadan ortiq inson yaratadi.
Yerda joy qolsa boldi