Dunyodagi eng qimmat saroy 300 million dollarga sotuvga qo‘yildi. U 1818-yilda qurilgan

Dunyodagi eng qimmat saroy 300 million dollarga sotuvga qo‘yildi. U 1818-yilda qurilgan

Londonda qiymati 300 million dollarga teng Ridjents parkida joylashgan Holm saroyi sotilmoqda. Robb Report va The Evening Standard nashrlarining ma’lumotiga ko‘ra, u dunyodagi eng qimmat narxda sotilayotgan uy hisoblanadi.

Bino 1818-yilda taniqli ko‘chmas bilan shug‘ullanuvchi Jeyms Berton va uning o‘g‘li, arxitektor Detsimus tomonidan qurilgan. Bedford kolleji ko‘p yillar davomida foydalangan qasr 1980-yillardan boshlab Saudiya qirollik oilasi a’zolariga tegishli.

Saroyda 2,7 ming kvadrat metr yashash uchun joy, jumladan, 40 yotoqxona mavjud. Bundan tashqari, saroyda sakkizta garaj, tennis korti, kutubxona va sauna mavjud.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislarning fikricha, dunyo bo‘ylab atigi 20 ga yaqin oila ushbu saroyni sotib olish va unda yashash imkoniyatiga ega. Saroyni saqlash yiliga yuz minglab dollarga baholanadi, chunki unda ko‘p xodimlar ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga ko‘ra, britaniyalik ko‘chmas mulk tadbirkori Nik Kendi va uning rafiqasi, xonanda Holli Velans fevral oyida saroyni ko‘rish uchun kelgan. Kendining boyligi bir milliard dollarga baholangan.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Намунча киммат бумаса

  2. Bizada bugan davno buzib tawawardi rofl

  3. Mirzohid

    4iroyli uyakan good

  4. Lekin narxi vawe qimmatakan

  5. Voy vooo

  6. Darbadar bola

    Wunaqa uylaniyam oliwadi odamla

  7. Toirbek

    Qimmatakan

  8. Nimasi 4iroyli bu uyi?

  9. Yaxwi savol boldi

  10. Jonidili

    dash

  11. Shirintoy qizcha

    Yoqmadi menga

  12. Assalom alaykum uy juda chiroyli ekan faqat uyni yoni qorqinchli daraxtlar qaniydi imkoni bolsa hozir sotib olardim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social