Jimmi Donaldson yoki Janob Bist (Mr. Beast) nomi bilan tanilgan YouTube blogeri 2-iyun kuni o‘z kanali obunachilari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Europa Plus nashri xabar berdi. Uning auditoriyasi 270 millionga yaqin folloverlardan iborat.
Jimmi Donaldson 1998-yil 7-mayda AQShning Shimoliy Karolina shtati, Grinvil shahrida tug‘ilgan. U bolaligidan video o‘yinlar va Internetga qiziqib kelgan, bu esa uni 2012 yilda o‘zining YouTube kanalini yaratishga olib keldi. Kanalni ochganda Jimmi atigi 13 yoshda edi.
Avvaliga Donaldson turli janrlarda va mavzularda videolar yaratishga harakat qildi: bloger video o‘yinlar, turli mahsulotga tavsif va sharh berdi, shaxsiy hayoti haqida vloglar oldi. Kuni kecha yovvoyi tabiatda omon qolish haqidagi videosi bir sutka ichida 50 milliondan ortiq marta ko‘rildi.
Jimmi nafaqat ko‘ngilochar, balki ezgu ishlarga ilhomlantiruvchi kontent yaratishga ham e’tibor qaratdi. U keng ko‘lamli xayriya tadbirlarini uyushtirdi, mutlaq begona insonlarga yuz minglab dollar hadya qildi, tibbiy operatsiyalarni moliyalashtirdi va hatto uysizlar uchun boshpanalar berdi. Janob Bist Afrikaning bir necha qashshoq yerlariga tashrif buyurib, u yerda suv olish uchun yuzta quduq qazdirdi va aholini ichimlik suvi bilan ta’minladi.
“Oradan olti yil o‘tgach, biz nihoyat PewDiePie uchun qasos oldik”— deb yozadi Janob Bist ijtimoiy tarmoqlarda.
Gap shundaki, 2019-yilda Hindistonning T-Series musiqiy leybli obunachilar soni bo‘yicha PewDiePie’ni ortda qoldirib, YouTube’da yetakchi blogerga aylandi.
Легенда, адашмасам 2 йил олдин унга 3 йил яшаш коган диганди
2 йил ичида жуда куп яхши ишлар килишга улгурди
Nega 3 yil qogan? Kasalmi?
Rosa pul qilsa kerak
Ха касал шекилли, шунака диганиди
Шу пулларни топиш учун, жуда куп ишлиди шу одам
Bechora
Barakalla!
Asosiysi juda muhim va foydali ishlar qiladi
Videolarini qanday topsa bo’ladi?
Youtubeda kup
272 mln
Mr Beast
275 mln
Hamma biladiku buni
Qoyil
Hamma biladi uni