Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar

Inson organizmi haqidagi qiziqarli faktlar
Ushbu qiziqarli ma’lumotlar siz uchun yangilik bo‘ladi degan umiddamiz.
Shahar qanchalik yirik bo‘lsa, undagi fizik sharoit shunchalik yomonlashadi. Angliya va Amerikada o‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda yirik shaharlar aholisi ultrabinafsha nurlarini 30 foizgacha kam oladi, shuningdek, shaharlar ustida bulutli kunlar qishloq va adirlarga qaraganda 10 foizga ortiq. Aksariyat kasalliklar, jumladan, yuqumli xastaliklarning tarqalish darajasi shaharda qishloqlarga nisbatan ko‘proqdir. Masalan, aholisi 1 milliondan yuqori bo‘lgan shaharlarda o‘pka saratoni bilan kasallanish darajasi qishloqlarga qaraganda 2 barobar yuqori. Bronxit xastaligi qariyb 3 barobar ko‘proq uchraydi. Asab-ruhiy tizimi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar esa 2,3 barobarga ziyod kuzatiladi.1. Organizmdagi eng serharakat organ yurakdir. Sutkasiga u 100 000 marta urib, 350 litr qonni haydaydi.

2. Soch tolasi bir oydan, bir necha yilgacha to‘kilmasligi mumkin. Bir kunda 50- 100 dona soch tolasi to‘kilishi normal holat hisoblanadi.

3. Ko‘z 4 sababga ko‘ra yoshlanadi: hissiy kechinmalardan (quvonch, g‘am); reflektor yoshlanish (kimyoviy moddalar, gazlar va piyozdan ); o‘zini himoya qiluvchi yoshlanish (ko‘zga nimadir kirib ketganda); ayrim kasalliklardan yoshlanish (allergiya, ko‘z shamollashi kabi).

4. Erkaklar ayollardan ko‘ra 5 marta kam yig‘lagani uchun ayollardan ko‘ra o‘rta hisobda 7 yil kam umr ko‘radi.

5. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bir kunlik yodga bo‘lgan ehtiyoji 50 -120 mgr, katta odamlarda 150 mgr, homilador ayollarda esa 200 mgr.ni tashkil qiladi.

6. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tizza chanoqlari bo‘lmaydi: u bolakay 3 yoshga kirgandan keyin qattiqlashishni boshlaydi.

7. Ko’zning shox pardasi inson organizmining qon aylanish tizimidan kislorod olmaydigan yagona qismidir, ushbu soha kislorodni bevosita havodan oladi.

8. Inson miyasi organizmga qabul qilingan kislorodning 20%i , 50% glyukozani singdirib oladi va umumiy energiyaning 20% ini o‘zlashtiradi. Aytgancha, biz miyaning atigi 10 foizini ishlatamiz degan fikr mutlaqo xatodir, aslida biz miyaning barcha qismlarini ishlatamiz va u deyarli har doim faol bo’ladi.

9. Hech bir inson o‘zini qitiqlab kuldira olmaydi. Sababi bu holatda miyaning kulish uchun javob beradigan qismiga kerakli signal yuborilmaydi.

10. Kuning ma’lum bir vaqtida burunning ikkita emas, bitta teshigi orqali nafas olamiz. Ularning faol holati har 4 soat davomida almashib turadi.

11. Insondagi barcha mushaklarning 25% yuz hamda bo‘yin qismida joylashgan. Shu sababli ham mazkur sohalarda mimika kuchli bo‘ladi.

12. Yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi suyaklar soni 270 taga yaqin bo‘ladi. Vaqt o‘tib ularning ayrimlari birlashib ketadi. Shu sababli ham katta yoshli insonlarda suyaklar soni 206 ta bo‘lib qoladi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Farruhku, mening eng yaxshi korgan aktorim, juda zor oynidi va juda chiroyli kishi, menga ham shunday er nasib qilsin)))

  2. Shuxrat

    Salom Azi, manga esa qiz yoqti, sochi uzuni, chiroyli ekan laugh a tak faktlar ham qiziqarli

  3. PROLOVE

    Azi qalesz.nasib OLLOH hohlasa szgayam wunday ER NASIB QLADI! WUHRATga ham! laugh

  4. Fazo.tv

    rofl rofl rofl Salomlar, albatta siz istagan insonni albatta uchratasizlar!

  5. Mohimjon

    Bu yerdagi faktlar bir biridan ajoyib va qiziqarli ekan. Buning uchun shunday faktlarni bizga chiroyli qilib taqtim qilayotgan Fazo.tv ga katta RAHMAT va OMAD!!!

  6. Fazo.tv

    Salom Mohimjon! Katta rahmat sizga! smile Biz bilan qolasiz degan umiddamiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social