Instagram “hikoyalar” ni do’konga aylantirdi

Instagram “hikoyalar” ni do’konga aylantirdi

“Facebook” ning “vizual” ijtimoiy tarmog’i Instagram brendlariga o’zlarining mahsulotlarini “hikoyalarda”reklama qilish imkonini berdi. Agarda foydalanuvchilarlar rasmdagi stikerni bosishsa, ular mahsulot haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishadi.

Yangi funksiya bilan birinchi bo’lib foydalanish asosiy uchta kiyim ishlab chiqaruvchisi kompaniyalar (Adidas, Louis Vuitton va Aritzia) uchun ochildi. Bu haqida kompaniyaning blogida xabar berilgan. “Hikoyalar” orqali mahsulotlarni sotib olish yaqin kunlarda amalga oshiriladi.

O’tgan yilning noyabr oyida Instagramning o’z statistikasiga ko’ra, 300 milliondan ortiq kishi kunlik hikoyalardan foydalanmoqda. Xizmat ko’rsatish doirasidagi foydalanuvchilarning soni 800 milliondan ortiq.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social