Tanishing, innovatsion texnologiyalar asrining yana bir kashfiyoti — ONCO kapsula-uylari. Interyerda minimalizmni xush ko‘ruvchilarga bunday uy yoqishi aniq.
Uyning futuristik dizayn g‘oyasi Antoniel Felaynga tegishli bo‘lib, uning tashqi va ichki tomonida hech qanday o‘tkir burchaklar yo‘q. Uyda kundalik hayot uchun kerak bo‘ladigan barcha narsa mavjud: yotoqxona, oshxona, hojatxona va yashash joyi. Uyning dizayni ilmiy-fantastik filmlar ruhida tuzilgan.
Tashqaridan kapsula-uy kichik ko‘rinsa-da, mebellardan kam foydalanilgani uchun ichi qulay va keng qilib ishlangan. Derazalar esa tonirovka qilingan.
Mutaxassislar fikricha, bunday uy qurilishi uzoq vaqt va katta xarajat talab etadi. Shu sababli kapsula-uylar ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilish ehtimoli juda kam.
Arxitektor va dizaynerlarning futuristik uylar g‘oyasi yangilik emas. Avvalroq Koen Oltius kapsula shaklidagi uyni dengiz o‘rtasida qurish loyihasini ishlab chiqqan edi. Bunday uyni smart-uzuk bilan boshqarish mumkin edi.
Siz-chi, innovatsion kapsula-uyda yashagan bo‘larmidingiz?
Яшаган булардим бундай уйда
Ajoyib uy, manga yoqdi
Ajoyib ekan, 1-2 odamga bo’ladi, katta oila sig’maydi
Kelajakda katta oilalar bo’lmaydi, katta oilalarni boqish juda qiyin bo’ladi
Hozir ham qiyin…
Yildan yilga qiyin bo’ladi, shunga odamlar soni kamayadi
Demak, shu yo’l bilan odamlar sonini qisqartirishmoqchi. Covid orqali bo’lmadi, endi boshqa yo’lni topishdi
Manga wunaqa uydan bervorila
Chiroyli
Bizga kelganicha ming yil o’tadi
O’zimizning hovlilarimizga yetadigan yo’q
Qoyilman
Yaxshi lekin hali beri hech kim olmasa kerak
Zo’rku
Bizni qishlog’imizga qo’yishsin
Kelajakda ko’p narsa bo’ladi
Nice
Chiroyli ekan